Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 qarab yur-chi. Qora papoqlilar bedanasimon pitirlashib, past ovozda g‘udirlashib, oyoqlari chalishib, bir-biridan yurak qarz olishib, darvoza yoqqa odimlashdi. Chumakvoy Rayhon qiziqqa yuzlanib: «Voy ahmoqlar! Buni ko‘ringki, tutunga o‘xshagan arslonlardan qo‘rqishadi», dab bandilarni ermakladi. Qora papoqlilar qo‘shqanot darvozali baland ravotning oldiga haydab keltirilgach, Oshiqbola ularga qarab dedi: – Bizga asirlarning keragi yo‘q. Hozir darvozani ochib, hammangizni qo‘yvoramiz. Ammo, shu shart bilanki, eng orqada qolgan besh kishi tutib olinib, arslonlarga beriladi. Bu gapdan keyin nomi bandi bo‘lsa oldingi qatorga o‘tishga oshiqib, safda janjal boshlandi: – Hey, laycha, qayoqqa suqulyapsan? Bo‘yingga qarab qatorda tur. – Bu yerda bo‘y-mo‘y degan narsa ketmaydi. Qoch deyapman, bo‘lmasa qo‘lingni tishlab olaman. – Ie, endi bunisi kelyapti-ku. Yo‘qol joyingga! Nima, jon bitta senga kerakmi? – Ke, oshnajon, meniyam o‘tkizvor. Mayli, manavi pulni olgin. – Pulni nima qilaman? Puli ko‘pni arslon yemay qo‘yarkanmi? Meshpolvon bu vaqtda ravot tepasidagi supaga gerdayganicha chiqib borib, biqiniga qo‘l tiradi. Qizqo‘rg‘on tashqarisida hakkadek hushyor turgan qora papoqlilar tun quyuq bo‘lgani uchun uni yaxshi ilg‘ay olmay, yuqoriga sinchiklab tikilishdi. – Battollarning yarmi buyoqda ekan-ku, – deya ravot supasini titratib qichqirdi Meshpolvon. – Bitta qo‘ymasdan qirib tashlansin! Olg‘a, askarlarim! Hayuv-v!!! U shunday deb baqirgan zahoti, ichkaridagilar darvozani ochib yuborishdi. Arslon changalidan qochayotganlar qiy-chuv bilan otilib chiqib, tashqaridagi sheriklarining ustiga yopirilishdi. Qo‘rg‘on tashqarisidagi qora papoqlilar bir lahza esankirab turishdi – dushmanda shuncha askar bor deb o‘ylashmagan edi. «Dushman» ana-managa qaramay yaqinlashib kelavergach, apil-tapil qilich sug‘urib, nihoyat jangga tashlanishdi. Zimistonda qiy-pichoq boshlandi. Qilichlarning jarangi-yu qalqonlarning darangi yaradorlar oh- vohiga qo‘shilib, yer-u ko‘kni vahima qopladi. Ikki taraf beto‘xtov olishib, yonidagining ismini so‘ramay solishib, bir-birining qonini yalashib, itdek talashib, ertalabgacha yoqalashishdi. Tong yorisha boshlaganda mundoq qarashsa, omon qolgan besh-o‘n kishi ham, maydonda cho‘zilib yotganlar ham yoppasiga qora papoqlilar. Bizni toza laqillatishibdi deb, sochlarini yulgudek bo‘lishdi. Bu xabar ko‘p o‘tmay, Sepkilshohning qulog‘iga yetib bordi. Bekach xotin keltirgan xatdagi haqoratomuz po‘pisalardan tomirida qoni shovullab, badani pilikdek lovullab turgan podshoh keyingi xabarni eshitib, qahri qirq gazga sachradi. Xatda yozilganidan tashqari, Meshpolvonning: «Poshshongga uqtirib qo‘y, bironta taqachiga shogird tushib, yaxshilikcha tirikchilik qilib yuraversin», deb bekach xotindan aytib yuborgan gapi miyasini qayta zing‘illatib o‘tgandek bo‘ldi. Bundan bir necha kun oldin zoti tayinsiz to‘rt iprindiga qarshi ikki yuzta askar yuborishniyam o‘ziga ep ko‘rmagandi. Endi esa bir narsani tushunib yetdi – o‘sha iprindilar bilan bo‘layotgan olishuvlar toj-taxt taqdirini jar yoqasiga tobora yaqinroq sudrayotgan edi. Download 411.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling