Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 – Ajdar dumida tuyog‘iga urgandir-da? – Be, nimalar deb aljirayapsizlar? Qochib ketmasin deb ajdarhoning dumini bilagimga o‘rab olgan bo‘lsam, qanaqa qilib tuyoqqa urarkan? Ajdarhoda yetmishtagacha bosh bo‘lishi mumkin, lekin dumi bittaligicha qolaveradi. Soddalik ham evi bilan-da, qizlar. – Ha bo‘pti, nima bo‘lganini o‘zingiz aytaqoling. – Xullasi kalom, qirq boshli ajdarho minan surunkasiga yetti oy-u yetti kun uxlamasdan jang qildim... – Ovqat-chi? Qorningiz ochmadimi? – Men sizlarga aytsam, battol ajdarhoning yigirmata boshi tinimsiz suv sepsa, qolgani lovullatib o‘t purkab turarkan. Sochgan suvidan dengiz paydo bo‘lib, suzib yurib urishdim. O‘t purkagan vaqtda xachir ikkalamiz suvga sho‘ng‘ib-sho‘ng‘ib turdik. Bir mahal qarasam, tepadan o‘tayotgan parrandalar kabobga aylanib, dengizda qalashib yotibdi. Jang o‘rtasida ajdarhoning ko‘zini shamg‘alat qilib, goh o‘rdak, goh loyxo‘rakni shamshirda ilib yeyaverdim. Bundan tashqari, suvga sho‘ng‘iganimda, ba’zan og‘zimga baliqlar to‘g‘ri kelib qolardi. Nihoyat, yettinchi oyning yettinchi kunida ajdarhoda ikkitagina kalla qoldi. Endi o‘t purkashgayam, suv sepishgayam madori yetmay, tipirchilab bo‘kirishga tushdi. Dengiz ham o‘z-o‘zidan singib ketdi deng... – Keyin-chi? Keyin nima bo‘ldi? – deb jovillashdi qizlar. Meshpolvon xiyol qovoq uyib dedi: – Keyin yomon bo‘ldi. O‘ttiz to‘qqizinchi kalla bilan olishayotganimda, qirqinchisi nomardlik qilib, xachirimning boldiridan kirt tishlab oldi. Men unisini tinchitgunimcha, xachirim bunisini allaqachon g‘ajib o‘ldiribdi... E, yo‘q! Bunaqa qahramon hayvonni mingta qorabayirgayam almashtirmayman. – Endi ajinalardan gapirib bering. Ularni qanaqasiga askar qilvoldingiz? – E, qo‘ysalaring-chi, qizlar. Yana xijolat bo‘lyapman. – Keling, endi, gapirib beraqoling. Juda qiziqyapmiz. – Ha, mayli, gaplaring yerda qolmasin... Shu desangiz, buyoqqa kelayotib, pistak kampirga yo‘liqdik. Bizni sehrlab, chuqur jarga qamab tashladi. O‘zimiz nima ahvolda-yu, kechqurun oldimizda uch ko‘zli cho‘chqa paydo bo‘lib: «Mana shu jardagi ajinalarga boshliqman, yaxshilikcha mendan qo‘rqishlaring kerak», deb xiralik qilaverdi. U desam bo‘lmadi, bu desam bo‘lmadi, oxiri tumshug‘iga qaratib tepvordim. Ana endi to‘polondan so‘rang: u to‘satdan echkiga aylandi, shoxini bigizlab ko‘kragimga sakradi. Xayriyatki epchilman, uni havoda ilib olib, chotimga qistirdim, dikkaygan dumini uyoqqa eshdim, buyoqqa eshdim, rosa qiynadim. Avvaliga «me-e, me-e», deb baqirgan bo‘lsa, keyin odamzodga o‘xshab, «voy-ey, voy jonim-ey», deyishga tushdi. Endi ta’zirini yegandir deb chetga irg‘itsam, «shuv» etib osmonga ko‘tarildi, tuyadek kattakon burgutning tusiga kirdi. Tikkalab kelib boshimni cho‘qib o‘tdi, qiyalab kelib boshimni cho‘qib o‘tdi, indamasam, chapyani pachoq qiladigan. Chapya sinadigan bo‘lsa, unda ish tamom, dunyoda yalangbosh yurishdan chatog‘i yo‘q. Uchinchi cho‘qib o‘tishida qonim qaynab ketdi, orqasidan quvib chiqib, kekirdagidan changalladim... – Ie, uchishni bilarkansiz-da? – deb so‘radi Oytumor. Meshpolvonning ko‘zi g‘ildirab do‘rilladi: – Qanaqa uchish? – Burgutni quvib chiqdim deyapsiz-ku. – Ha, umi? To‘g‘ri, o‘shanda uchganman! – Tez-tez uchib turasizmi? – Yo‘q. Kamdan-kam uchaman. Asosan yerda yuraman. – Hoy, Oytumor, hadeb gapni bo‘lavermagin, keyin nima bo‘lganini eshitaylik, – deya dugonasini tergashdi qizlar. – Keyin burgut ikkalamiz gupira-gup yerga ag‘anadik, – deb mardona qiyofada so‘zini davom ettirdi Meshpolvon, – uning yarim patini yulib bo‘lgan vaqtimda, potirlab qo‘limdan chiqib ketdi. Shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling