Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Quyon yesin sabzingni
Shunday xavfli qasam ich! 
Bir kun tonsang bu gapdan, 
Doim uyg‘ongin chapdan, 
Domlang ursin maktabda, 
Shunday xavfli qasam ich! 
Ontga amal qilmasang, 
Erkaklikni bilmasang
Chayon chaqsin, o‘lmasang, 
Shunday xavfli qasam ich! 
Soqchiboshi non dastasini qo‘li titraganicha tutamlab, uch marta peshanasi bilan labiga bosdi, 
«dahshatli Meshpolvonga xiyonat qilsam, meni non ursin, ko‘r bo‘lay», dedi. 
Ochligi ko‘zidan sezilib turgan soqchiboshi qasamni tugatgan zahoti Meshpolvon nonlarni undan 
yulib oldi, sholchalar ichidagi boshqa bandilarga ishora qilib: «Bulargayam ishonsa bo‘ladimi?» – deb 
so‘radi. 
– Men borman, qilt etishmaydi, – deya gapni cho‘rt kesdi soqchiboshi. 
– Birontasi aldaydigan bo‘lsa, ochiq gap shuki, kamida moxov bo‘ladi, – deb ogohlantirdi 
Meshpolvon. 
Sholchalar ichidan endi, «um-m, g‘um-m», degan qasamyodlar eshitildi. 
Meshpolvon beshala nonni yo‘l-yo‘lakay kavshab, sheriklari va fidoyi soqchilar bilan qo‘rg‘on 
devoriga chiqib bordi. Kamonlarining o‘qi tugagani bois pastda beish uymalanib yurgan qora papoqli 
askarlar, ularga yordam berish uchun narvon ko‘tarib kelayotgan ko‘makchilar galasi ko‘rindi. 
Narvonlar devorga tiralgach, qora papoqli askarlar bir-birining ketini cho‘qib, qumursqalardek 
sherigini oldinga nuqib, yuqoriga ko‘tarila boshlashdi. Meshpolvonga askarlikka o‘tgan soqchilar 
g‘o‘dasha-g‘o‘dasha yigitlar edi, ular yigirma-o‘ttiz kishi tirmashib turgan narvonni nayza bilan bir 
itarishdayoq, ag‘anatib yuborishaverdi. 
Ammo, dushman askarlarining chek-adog‘i, narvonlarning son-sanog‘i yo‘q edi. Bittani yiqitishsa, 
ikkitasi bosh ko‘tarib chiqardi. Jang qizigandan qizib ketdi. Mudofaachilar charchay boshlagan 
pallada, qizlar ham «to‘xta-to‘xta»ga qaramay devor ustiga chiqib kelishib, har xil idishlardagi qaynoq 
suvlarni dushman ustidan sochishga tutinishdi. 
Soqchilardan biri yarador bo‘lganidan foydalangan ikkita qora papoqli askar qo‘rg‘on devoriga 
endigina oyoq qo‘ygan mahalda kirtog‘ora ko‘targan qizga duchor bo‘lishdi. Qiz to‘satdan tog‘orani 
selpib, ularning aftiga qaynoq suv sepdi, askarlarning kiyimidan oppoq bug‘ ko‘tarildi, dodlaganicha 
o‘zlarini devordan tashlashdi. 
Barakalla, singilginam! – deb qichqirdi buni kuzatib turgan Meshpolvon. So‘ng qizlarning 
tevaragida o‘ralashib, ularga dalda bera ketdi. – Qo‘rqmanglar, qizlar, men shu yerdaman. Sizlarga 
tirnog‘ini tekkizganni mijig‘lab qo‘yaman, menga yaqinroq turib urishinglar... 
Bu orada Oytumor uchta dugonasi bilan zaytun yog‘i dog‘ qilingan dalaqozon
19
ni ko‘tarib 
kelishdi. Hali tutuni bosilmagan yog‘ning yarmini narvondan chiqayotganlar boshidan, qolganini devor 
ostiga narvon o‘rnatayotganlar ustidan sochishdi, «jaz-juz» ovozlar eshitilib, hammayoq chinqiriqqa 
to‘ldi. 
– Rahmat, qizlar! Kam bo‘lmanglar! – dedi Meshpolvon. 
19
Далақозон – дошқозондан кичик, уйқозондан каттароқ. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling