Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
Yeb bergin, deb qilsa talab
Turolmaymiz yerga qarab, 
Xalq talabin bajaramiz. 
Xalq – ko‘pchilik, xalq – hukmdor, 
Biz shunchaki bir amaldor, 
Desa ham: «Yeb, tog‘ni qo‘por!» 
Xalq talabin bajaramiz. 
Norin turar sepilib murch, 
Beshbarmog‘-u sutli guruch
Barin yemoq biz uchun burch, 
Xalq talabin bajaramiz. 
Ko‘pchilikka qarshi bormoq – 
Bilib turib boshni yormoq, 
Toki bizda sog‘dir tomoq, 
Xalq talabin bajaramiz. 
Ikki tarafda yutinib turganlar uchun tomosha boshlandi. Nozir o‘z odatiga ko‘ra, oldin suyuq 
ovqatlarni simirib, keyin quyig‘ini kemirishga o‘tdi. 
Meshpolvon ishni maydalab o‘tirmadi, tog‘oradagi qatiqqa sharbat-u qaymoq, murabbo-yu 
sarimsoq, mastava-yu nonpalla, yalma-yu atala, sho‘rkaram-u holva, qalampir-u tuppani aralashtirib
go‘shtni bulab uraverdi. Tog‘ora bo‘shagach, endi unga shilpildog‘-u qovurma, ugra-yu do‘lma, 
oqcho-yu boda, go‘shtkuydi-yu parmo‘da, shirgurich-u shavla, moshkichiri-yu moshxo‘rda, manpar-u 
bo‘g‘irsoq, chuchvara-yu qovurdoqni ag‘darib, ustiga non to‘g‘rab yedi. Allaqachon xiqichoq tuta 
boshlagan nozir ziyofatning to‘rtdan uch qismini gumdon qilishga erishgan damda Meshpolvonning 
dasturxoni yap-yalang bo‘ldi. 
Buni ko‘rib, nozirning ensasi qotdi, mo‘ltirab burun tortdi. Lekin burni yana piqillab, tomog‘i 
hiqillab, yegan ovqati jig‘ildoniga tizilib, ishtahasi buzilib tursa-da, tayyor poraning bir qismini 
qoldirib ketishga ko‘zi qiymay, matonat bilan kavshanishda davom etdi. Oxiri bir tishlam luqmani 
yutish uchun uch piyola choy ichmasa bo‘lmaydigan holga tushdi. 
Meshpolvon unga tilamchidek qo‘l uzatib: «Jon tog‘a, somsangizdan bittagina beri-i-ng», deb 
yalina boshlaganida, tengsiz raqibga yo‘liqqanini anglab, rangi bo‘zarib ketdi, «ke, olaver», dedi 
cho‘chinqirab boqib. Meshpolvon bu gapni «istaganingcha yeyaver» degan mazmunda tushundi, bir 
eshak hangrashichalik vaqt o‘tmay, ikkinchi dasturxonni ham tozalab qo‘ydi. 
Hech narsa qolmagach, hatto, choynakdagi shamaniyam qoqib yegan Meshpolvon og‘zini 
chapillatib turib: «Tog‘aginam, shunday katta quloqni nima qilasiz?» – deb so‘raganida, nozirning 
yuragi battardan po‘killadi, «buyam odamga bir husn-da», deya mung‘ayib javob qaytardi. 
– Erkak kishi chiroyli bo‘ldi nima-yu, bo‘lmadi nima? – dedi Meshpolvon. – Keling endi, shu 
quloqdan bittasini yeb ko‘raylik. 
Shu asno quloqqa qadalib tikilganicha, ko‘ngilning qulfini ochdi: 
Soch tagidan jalpanglanib, 
Chalpaknamo yalpanglanib, 
Ko‘z kuydirar shalpanglanib, 
Shu quloqni yegim keldi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling