Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
– Onadan qo‘mondonligimcha tug‘ilganman. Senlarning peshanangga askarlik yozilgan, mensiz 
hammang harom o‘lasan. Esingdami, Iblisjarda «buvijon»lab yotganing? Agar Hojixon oshnam 
yordamlashmaganda, kuningni ko‘rarding? 
– O‘rgildim o‘sha ajinangdan, – dedi Oshiqbola. – Kechasi qasrdan qaytib kelib, «hushyor 
turinglar, ertaga katta urush bo‘ladi», deganicha qayoqqadir qochvordi. Mana, haliyam qorasini 
ko‘rsatmayapti... 
Istehkom ortidan kelgan ovoz ularning g‘idi-bidisiga barham berdi. Elchi ekanini bildirish uchun 
nayzasiga oq latta bog‘lab olgan bir jangchi yaqindan turib shartini ayta boshladi: 
– Oralaringda dahshatli Meshpolvon degan bahodir bor ekan. Zo‘r bo‘lsa, maydonga chiqib, 
bizdagi Cho‘tir pahlavon bilan kuch sinashsin. 
Avvaliga Meshpolvonning dami ichiga tushib ketdi, qo‘ynida Chika bilan Pukasi borligi esiga 
kelgandan keyin daf’atan dadillanib, noz-firoqli javob qildi: 
– Obro‘yimga uncha to‘g‘ri kelmasayam, bu shartga roziman. 
Shundan so‘ng uyoqdan ko‘krak juni po‘stinday, bilaklari ustunday, otbo‘yin-u filoyoq, har panjasi 
bir tayoq bo‘lib Cho‘tir pahlavon chiqdi, buyoqdan Meshpolvon o‘qlovni belga qistirib, istehkomni 
oshib o‘tdi. 
Ular maydon o‘rtasida yuzma-yuz kelishgach, Cho‘tir pahlavon xomsemiz raqibiga parvosiz boqib, 
bir so‘z dedi: 
Zoti toza tozilar 
Urushmaydi it bilan. 
Nahot xumor yozilar 
Olishib sen bit bilan? 
Mitir-mitir yurasan, 
Koshki qo‘lga ilinsang. 
Hali dodlab berasan 
Biron joying shilinsa. 
Sen munosib zo‘r yov-u, 
Tushdimmi men shu holga? 
Tupuraman o‘qlov-u, 
Boshingdagi sopolga. 
Po‘staknamo shu to‘nda 
Qochmasingdan emaklab, 
Opkelaqol besh-o‘nta 
Oshnangniyam yetaklab. 
Aytay endi mazax gap 
Turishingga yarasha: 
U ko‘zingga teshasop, 
Bu ko‘zingga tarasha. 
Bundan Meshpolvonning jahli lunjida ko‘pib, kalishida yer tepib, Cho‘tir pahlavonga dag‘dag‘a 
bilan javob qildi: 
Tirikka go‘r qaziyverma, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling