Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 Turli-tuman jondorlar chakalakdan bir-bir chiqaverdi. Meshpolvon: «Mana bunisi Xirotning mushugi. Endi Ho‘ngariston ayig‘ini tomosha qilyapsiz», deb og‘ziga kelgan gapni qaytarmay, ularning ta’rifini keltiraverdi: Ana, Toshkent xo‘rozi, Karnaydan zo‘r ovozi, Tomoshaga kep qoling! Bu – misrlik toshbaqa, Mendan qarzdor besh chaqa, Tomoshaga kep qoling! Qashqir derlar bunisin, Yegan to‘rtta inisin, Tomoshaga kep qoling! Sichqon o‘zi bir yashar, Lekin mashhur tomteshar, Tomoshaga kep qoling! Qarang, serka ja go‘shtlik, Yo iroqlik, yo o‘shlik, Tomoshaga kep qoling! Sirtlon – to‘ni guldori, G‘uljada eng bezori, Tomoshaga kep qoling! Anov timsoh yovuzdir, Boshdan-oyoq og‘izdir, Tomoshaga kep qoling! Bu – yovvoyi qo‘zichoq, Timsohdan ham xavfliroq, Tomoshaga kep qoling! Tulki – juni chuvilgan, Ashxaboddan quvilgan, Tomoshaga kep qoling! Kalamushi sal sharttak, Xo‘jandda yegan kaltak, Tomoshaga kep qoling! Endigisi ko‘rsichqon, Hassa yo‘qotib sarson, Tomoshaga kep qoling! Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 62 Mana, bo‘ri g‘alamis, Tegmang, keyin solamiz, Tomoshaga kep qoling! Ko‘ring gurji tuyasin, Beshigi qush uyasi, Tomoshaga kep qoling! Quyon – fe’li buzilgan, O‘q yeb, dumi uzilgan, Tomoshaga kep qoling! To‘ng‘iz kelar irshayib, Burni yonga qiyshayib, Tomoshaga kep qoling! Va nihoyat fil kelar, To to‘yguncha yil kelar, Tomoshaga kep qoling! Tomoshabinlar filning juda ko‘p ovqat yeyishini eshitib, buni ko‘zlari bilan ko‘rishga qiziqib qolishdi. Ammo, ziyofat boshlangach, o‘sha ulkan hayvon behad ochofatligi bilan taxminan qanday vayrongarchiliklar keltirishi mumkinligini Meshpolvon o‘z ishtahasi misolida namoyishlab berdi. * * * Sepkilshoh uchinchi to‘qnashuvga ikki yuz nafar jangchisini tashladi. Bu haqdagi ma’lumot istehkomdagilarga qora papoqli askarlardan ilgariroq yetib kelgandi. Kecha qishloqda tomosha ko‘rsatib qaytishgandan so‘ng Meshpolvon bilan Hojixonajina Sepkilshoh qasrida bo‘lgan gaplar xususida ancha suhbatlashib o‘tirishdi. – Suyunchi ber, Meshpolvon, – deb qoldi bir payt Hojixonajina. – Dadang bilan onangni topdim. Meshpolvonning taajjubdan ko‘zlari olayib, benihoyat hayajonlanib ketdi, shoshib-toshib surishtirishga tushdi: – Nima? Nima deding? Rostdanmi? Qaerda ko‘rding ularni? – Qasrdagi gaplardan bexabar qolmayin, deb zuvillab borayotuvdim. Lavlagi kavlayotgan qul- cho‘rilarning qarg‘ishigayam parvo qilmay dalani to‘zitib o‘tayotganimda, qulog‘imga «Meshpolvon» degan gap chalingandek bo‘ldi. – Ie! – deb betoqat pitirladi Meshpolvon. – Qani-qani, uyog‘ini gapir-chi. – Qarasam, bir xotin bilan bir erkak ikki qo‘li ishdan bo‘shamay, yonma-yon gaplashib borishyapti. To‘xtab, quloq soldim. – Cho‘zmasang-chi, oshna, nimalar deyishdi? Xo‘sh? – Ular seni ochdan o‘lib ketmadimikan deb rosa tashvish tortishyapti. O‘zlari ozib-to‘zib, gandiraklab turishibdi-yu, boshqaning qornini o‘ylaganiga tan ber. Bildimki, ota-onang seni juda yaxshi ko‘rarkan. – Buni qara-ya. Rahmat senga! Kam bo‘lma! – Qariroq enang ham bormi? – Ha, ha, enam bor. Qariligiyam to‘g‘ri. Xo‘sh-xo‘sh? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling