Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 g‘azabi toshibdi. Nahang o‘lponchi pistak kampirga achinib: «He, attang, shunday zo‘r mutaxassis g‘o‘r ketibdi», deya bosh tebratganda, shoh: «O‘sha buzg‘unchilarni ikki marta qo‘ldan chiqarding, endi o‘zing aybingni yuv», deb baqiribdi. Unga yuzta askar beradigan bo‘libdi. Nahang o‘lponchi: «Bu kamlik qilmasmikan?» – deya dudmallangan ekan, Sepkilshoh: «Nima, to‘rtta iprindini tutishga uyalmasdan yarim lashkarimni jo‘nataymi?» – deb ayyuhannos solibdi. – Hammomdagi bigizvozlikni Chumakvoy o‘ylab topuvdi, – dedi Rayhon qiziq. – Bu safargisini menga qo‘yib beringlar, ukavoylar. O‘chkorlar istehkomi bilan qasr oralig‘idagi yo‘lning bo‘yida erta-yu kech «bilq-bilq»lab turadigan botqoqko‘l bor edi. Rayhon qiziq keyingi kuni qalbaki popukqandni yo‘lga tashlab, «shirintuzoq»qa bog‘langan ipni ushlab, botqoqning narigi chetiga chekinib, qamishlar ortiga bekinib yotaverdi. Bir mahal shu tomonga jadallab kelayotgan qora papoqli askarlar safi ko‘rindi. Yo‘l qirg‘og‘idagi popukqandga Nahang o‘lponchi bilan yana uch-to‘rt askarning nigohi bir vaqtda qadaldi. Oldingi qatordagilardan biri harbiy intizomni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘lja sari yugura boshlagan ediki, Nahang o‘lponchi qat’iy ohangda: «Tegma! Yeganga soliq solaman!» – deb na’ra tortdi. So‘ng izmidagi askarlarga yuzlanib, ikki juft tanbeh aytgan bo‘ldi: Poshsholikning askari Ko‘rgan bo‘lar tarbiyat. Yerda yotgan qandni deb Safni tashlamoq uyat, Saqlang tartib-intizom. Sepkilshohning yurtida Bir ish qilmang o‘ylamay. Hech nimani yeb bo‘lmas Solig‘ini to‘lamay, Saqlang tartib-intizom. Bir gal o‘lja tegmasa, Qo‘rqmang, osmon uzilmas, Qand topib yeb yursin deb Atay lashkar tuzilmas, Saqlang tartib-intizom. Askarlar o‘z boshlig‘in Izzat-hurmat qilmasmi? Men turib, siz yesangiz, Sharmandalik bo‘lmasmi? Saqlang tartib-intizom. Saf oldidagilarning tili labida pildirab, orqadagilar «nima gap» deya qo‘sh ko‘zi yiltirab, hammasi joyida toptanib qoldi. Ko‘rganlar orqali ko‘rmaganlarga quloqma-quloq gap tarqaldi: «Popukqand yerda yotibdi... Yerda tekin qand yotganmish... Karmisan? Qanddan gapirishyapti!..» Nahang o‘lponchi viqor bilan borib, asta egilgan edi, qand sal nariga siljidi. Ikkinchi harakati ham shu tariqa zoe ketgach, jahli chiqib, yerga astoydil tizzaladi, chigirtkadek pit-pit sakrab, popukqandga olti-etti marta tashlanib ko‘rdi. Har gal qo‘li ozgina yetmasdan qolaverdi. Oxiri xunobi oshib: «Shirinlik tutib keltirilsin!» – deya askarlarga buyruq berdi. Nafsi jikillab turgan qora papoqli askarlar «ura-ura» bilan popukqandni quvib, Nahang o‘lponchini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling