Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
59 ham birga yuvib ketishdi. Shu kuyi orqadagilar oldindagilarni olg‘a choptirib, «hay-hay»gayam qaramasdan botqoqqa yaqinlashib borishaverdi. Olddagilar shaloplab, ortdagilar hanuz haloplab, navbati bilan balchiqqa ag‘anayverdi. Goh uning, goh buning yelkasiga chiqib, askarlarni loyga tezroq tiqib, botqoqdan qutulib qolishga jon-jahdi bilan tirishib ko‘rgan Nahang o‘lponchi, tugalay cho‘kib borayotgan chog‘ida ham nariroqdagi cho‘galga ilinib turgan popukqandga qarab, bir yutinib qo‘ydi. Pishayotgan bo‘tqani eslatuvchi botqoqning «bilq-bilq»iga endi «biqir-biqir»lar jo‘rlanib, atalasimon suv yanada kirlanib, yuzasida pufakchalar turlanib, qo‘rqoq baqalar qirg‘oqda xo‘rlanib qoldi. Badnafslik balosi Nahang o‘lponchiga qo‘shib yuzta askarni ham badbo‘ylik olamining tubiga yetaklab ketdi. «Biqir-biqir» tovushlar odatdagi «bilq-bilq»larga aylangach, Rayhon qiziq mabodo bironta dushman chetda jon saqlab qolmadimikan degan xayolda balchiqsuv ustidagi egasiz qora papoqlarni qaytadan sanab chiqdi. Hamma ish joyida ekaniga qanoat hosil qilib, istehkom tomonga yo‘l oldi. Istehkomga yetay deb qolganida, qo‘lda tugun-u to‘rsavat ushlab, chivinlarni kish-kishlab, chakalakdagi so‘qmoqdan chiqib kelayotgan dehqonlarga yo‘liqdi. Kasbi – tomma-tom izg‘ish, sochi dumbulsoqoldek qizg‘ish, qo‘yniga allabalolarni solgan, chipta kovushli qariyani yetaklab olgan tirmizak bola Rayhon qiziqni ko‘rishi bilanoq, quvonib qichqirdi: – Ana, ajoyibxonachining sherigi kelyapti! Dehqonlar bir zumda uni o‘rab olishdi. Rayhon qiziqning yuragi shuvillab: «Sizlarga nima yomonlik qildim?» – deb atrofdagilarga alangladi. – Ho‘kizteri yopingan sheriging manavi nevaralarimga filni ko‘rsatibdi, – dedi chipta kovushli qariya. – Biz ham ajoyibxonaga ketyapmiz. «Meshpolvonning mechkayligi boshimizga balo bo‘ldi, – deya ko‘nglidan o‘tkazdi Rayhon qiziq. – Bolalarni-ku aldash oson, kattalar fil nima-yu, tuya nimaligini yaxshi bilishadi. Endi hammamiz kaltak yeymiz shekilli». Shunda qariya: «Nega tisarilib qolding? Qo‘rqma, tekinga ko‘rmaymiz», deb qo‘lidagi tugunchasini ko‘z-ko‘z qildi. – Mana, mendayam bir xalta tuxum bor, – dedi boshqa birovi. – O‘g‘izgayam 18 ko‘rsataverasizlarmi? – deb so‘radi qo‘ltig‘iga ko‘za qistirgan uchinchi kishi. Rayhon qiziq nima deyishini bilmay, kigiz qalpog‘ida yelpinganicha turib qoldi. – Filimiz kasal, – dedi oxiri bahona topib. – Tomoshalarni to‘xtatganmiz. – Nima bo‘ldi, qaeri kasal? – Dumiga puchak chiqibdi. – Shunga shunchami? Filga puchak chiqqani chivin chaqqandek gap. – Bundan tashqari, odamlar bergan har xil narsalarni yeyaverib, ichburug‘ bo‘p qoldi. Isitmaga kuyib, so‘ljayib yotibdi. – Mayli, yotgan joyida tomosha qilaveramiz. Qani, boshla o‘sha ajoyibxonangga. Ular Rayhon qiziqdan javob kutib o‘tirmay, istehkom yoqqa qarab yurishdi. Salgina vaqt o‘tib, istehkom bo‘sag‘asi g‘ala-g‘ovurga ko‘mildi. Rayhon qiziq to‘planganlarning niyatini Meshpolvonga qisqacha tushuntirib, «endi o‘zing gaplashaver, bizni bu g‘alvaga aralashtirma», deb do‘ng‘illadi. Meshpolvon bir muddat bo‘yin qashib turgach, yo‘g‘on xodaning tepasiga chiqib, yig‘ilganlarga murojaat qildi: – Filni kasal deb aytishibdi-ku. Poda-poda bo‘lib kelaverasizlarmi? – Ahmoq bo‘lib tag‘in qaytib ketamizmi? – dedi kimdir. – Yotgan joyida ko‘rsataver. – Bu juda xavfli. Kasal fil quturgan itga o‘xshab qoladi. – Gapni ko‘paytirma! Yaxshilikcha ko‘rsat filingni! 18 Ўғиз – янги бузоқлаган сигирнинг сути. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling