Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 tishlab o‘ldirishni yaxshi ko‘radigan bir kalni galaboshi qilib tayinlabdi. Hojixonajina gapini tugatgach, o‘chkorlar boshni bir yerga jamlab, bunga qarshi chora axtarishdi. Birovi u dedi, birovi bu dedi, piravardida Chumakvoy o‘ylab topgan hiyla hammaga ma’qul tushdi. * * * Ertasi kuni ular istehkomda nonushta qilib o‘tirishganda, yonlariga bir kampir kelib: «Hoy sho‘rlik musofirlar, juda irkitlanib ketibsizlar-ku. Yuringlar, jonim qoqindiqlar, qishlog‘imizdagi gumbazli hammomni ko‘rsatib qo‘yay, yuvinib sal odamnusxa bo‘lvolinglar», deya hammasini go‘dakchasiga taltanglata ketdi: Yuvinadi mushuklar, Bo‘talog‘-u kuchuklar, Popishag-u chumchuqlar, Siz ham cho‘m-cho‘m qilvoling. Buzoq-uloq yalanar, Zag‘cha-to‘rg‘ay taranar, Toy shudringga belanar, Siz ham cho‘m-cho‘m qilvoling. Jo‘jalarin o‘rdaklar – Soy tarafga yetaklar, Qurtga to‘ldi ko‘lmaklar, Siz ham cho‘m-cho‘m qilvoling. Havas qiling qo‘ng‘izga, Kaltakesak, xonqizga, Yotmang o‘xshab to‘ng‘izga, Siz ham cho‘m-cho‘m qilvoling. «Obbo, pistak kampir-ey, – deb o‘yladi Meshpolvon, – basharasiniyam, tovushiniyam tezda o‘zgartirib olibdi». Ular: «Rahmat, ena, zap savob ishga boshlayapsiz-da», deyishib, kampirga ergashishdi. Gumbazli hammom keng va baland qilib qurilgan ekan. Yechinib, ichkariga kirishsa, ko‘zi chovbirdek 17 o‘ynagan, so‘lagini chaynagan ellikta muzbashara davangir qulay fursatni kutib, qorniga yolg‘ondan sovun surtib o‘tiribdi. Ozgina vaqt o‘tgach, ular burchaklardagi qizib turgan toshlarga jomda «jaz-juz»latib suv sepa ketishdi. Birpasda atrofni bug‘ qamradi, xona bir qarich naridagi odamni tanib bo‘lmaydigan holga keldi. Chumakvoy uch marta qattiq tomoq qirib shartli ovoz qilgan chog‘da, sheriklari sovun ichiga yashirilgan bigizlarni olib, hammomdagilarning dumbasiga jiq-jiq sanchishga tushishdi. Xona bir zumda oh-nolaga to‘ldi. O‘chkorlar to‘polonda adashib bir-biriga jabr yetkazib qo‘ymaslik uchun imo-ishora bilan oldindan o‘z joylarini taqsimlab olishgan edi. Shunga qaramay, ehtiyot shart deb, chap qo‘lidagi tog‘orada orqasini berkitganicha jang qilishardi. Kallakesarlardan biri hozirgina ortiga bigiz sanchilgan tomonga tavakkaldan chang soldi, 17 Човбир – болалар қамчилаб ўйнайдиган ёғоч пилдироқ. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling