Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Meshpolvon shu topda bularga gap ta’sir qilmasligini sezib, yana o‘ylanib qoldi. 
– Mayli, men roziman, – deb birdan past tushdi u. – Lekin, hozirmas. Tomosha kechqurun bo‘ladi. 
Unga dovur fil tuzalib qolishi kerak. 
– Shu tomoshangni bir yo‘la qishloqda ko‘rsatsang-chi, – dedi chiptakovushli qariya. – Bahonada 
kampirlarimizniyam xursand qilarding. 
– Ana, shundoq so‘qmoqdan o‘tsang, qishlog‘imiz biqiningda turibdi, – deya chakalakzor tomonga 
qo‘l cho‘zdi boshqasi. – Borsang, burningdan chiqquncha ziyofat beramiz. 
«Ziyofat» degan so‘zni eshitib, Meshpolvonning hiqildog‘i likilladi. «Bo‘pti, kechqurun bizni kutib 
turinglar, hamma hayvonlarni olib boramiz», deb va’dani quyuq qildi. 
Dehqonlar ketishi bilanoq, Rayhon qiziqning jahli qo‘zib: «Qanaqa hayvonlarni aytyapsan, 
kuydirgi? Boshimizga kelgan ofat bo‘lding-ku», deb vaysab berdi. 
– Meni gapim – gap, – dedi Meshpolvon. – Agarda farang yo hangilizlarni bugun yer yutadi 
desam, ertagacha qolmasdan shu ish bo‘ladi. Men mana shunaqaman! 
* * * 
Qorong‘i kira boshladi hamki, Hojixonajinadan darak bo‘lavermadi. Diqqati oshgan Meshpolvon 
yong‘oqboz bolalarning soqqasidek uyoqdan-buyoqqa pildirayotgan chog‘da Chumakvoy: «Ajinang 
qasrdagi o‘yinchi qizlarga pul qistirib o‘tirgan bo‘lsamikan?» – deb uning jig‘iga tegdi. 
Xayriyatki, Hojixonajina ortiqcha kechikmadi. Qaytib kelishi bilanoq, Meshpolvon: «Qasrdagi 
gaplarni keyin aytarsan. Hozir zarur ishimiz bor», deya uni shoshiltirishga tushdi. Istehkomdagilar 
yoppasiga qishloqqa yurishdi. 
Qishloqdagilar chakalakzorning so‘qmog‘idan chiqaverishdagi maydonga yig‘ilib, ajoyibxonani 
intiq kutib turishgan ekan, Meshpolvon rahbarligidagi «hayvon o‘rgatuvchilar»ni olqishlarga ko‘mib 
qarshi olishdi. 
– Hayvonlarimni anavi butalarning orqasida qoldirdim, – dedi Meshpolon. – Davraga birma-bir 
chiqarib ko‘rsataveraman. Qani, so‘qmoqni uch tomondan o‘rab o‘tirib olinglar-chi. 
Chol-yigitlar chordana qurib, kampir-juvonlar yerga tizza urib, qizaloqlar qiqirlashib, bolakaylar 
bir-biriga tixirlashib, oydin maydonga yoyilib o‘tirishdi. Shundan keyin Hojixonajina goh u, goh bu 
hayvonning tusida chakalakdan chiqib, davrani aylanaverdi, Meshpolvon ularni baholi qudrat sharhlab 
turaverdi: 
– Bunisi sahroi kabirning maymuni! 
– Sahroda maymun nima qiladi? Maymun to‘qayda bo‘lmaydimi? 
– Farosat bormi o‘zi? Sahroi kabirning o‘rtasi to‘qayzor-ku. 
– E, shunaqami? Oldinroq aytib qo‘yish kerak-da... Ie, ie! Anavinisi nima? Qaerniki bu? 
– Buni nomi tuyaqush. Ozarbayjonda bo‘ladi. 
– Tuxumiyam kalladek bordir? 
– Ana! Yaxshilab ko‘rib olinglar! – dedi Meshpolvon davrada yangi hayvon paydo bo‘lgach. – Bu 
yo‘lbarsni Sulaymoniyadan ushlab kelganman. 
Hojixonajina kelgusi safar zebraga aylandi. Umri bino bo‘lib, bunaqa mahluq haqida biron-bir 
ma’lumot eshitmagan Meshpolvon unga boqib angrayib qoldi. Eshak deyay desa, terisi yo‘lbarsniki, 
yo‘lbars deyay desa, turqi eshakning o‘zginasi. Oxiri chaynalib turib: «Eng yaramas hayvonlardan 
bittasi shu», dedi. «Nima o‘zi buning?» – deb so‘rashdi undan. Meshpolvon zebraga yanada sinchiklab 
tikilganicha: «Boyagi yo‘lbarsning ammasi», deb javob qildi. 
– Shuyam yo‘lbarsmi? Bizga eshakni bo‘yab ko‘rsatyapsan! 
– Egasi bo‘pturib, o‘zim bilmaymanmi? Men yo‘lbars deganimdan keyin, gap tamom-da. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling