Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Bir payt orqa tarafdan «jov-juv» qichqiriqlar eshitildi. Meshpolvon mundoq qarasa, chekina-
chekina Qizqo‘rg‘onga yaqin kelib qolishibdi, devor ustiga kaptardek terilib olgan qizlar qiy-chuv 
bilan ularni chorlab turishibdi. 
Bu orada qo‘rg‘onning darvozasi ochildi. 
– Askarlarim! Botirlarim! – deya sheriklariga hayqirdi Meshpolvon. – Qo‘rg‘onga qochib kirilsin! 
Darrov menga ergashilsin! 
Bu safar uning tovushi barcha sheriklarining qulog‘iga yetib bordi, buyruqqa hammasi so‘zsiz itoat 
etdi. 
Olma yedim baqalog‘idan, 
Gilos yedim chaqalog‘idan, 
Anjir yedim yapalog‘idan, 
Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... 
Nogiron xachirni jitranglatib borayotgan qo‘mondon mashhur qo‘shig‘ini bor ovozda 
kuylaganicha, o‘z lashkarini qo‘rg‘on sari ergashtirib ketdi. 
Oshiqbola otni Qizqo‘rg‘on yoqqa yeldirib borayotib, «bu tuzoq emasmikan», deb o‘yladi. 
Devordagi qizlar orasida Oytumor ham turganini ko‘rib, dilidagi shubhasi tarqaldi. 
Ular ichkariga kirishlari bilanoq, qizlar darhol darvozani berkitib, yog‘och tambalarni tirkashdi. 
Surishtirib bilishsa, dugonalarini Oytumor yo‘lga solgan ekan. Ular avvaliga bekach xotinni tutib, 
qo‘l-oyog‘ini chandishibdi. Keyin Qizqo‘rg‘onni qo‘riqlash topshirilgan soqchilarni bekachning 
huzuriga bitta-bitta chaqirgan bo‘lishib, bir boshdan sholchaga o‘rab bog‘lashaveribdi. 
  
* * * 
Oytumor sholchalardan biriga o‘ralgan arqonni yechib, «soqchiboshi mana shu», deya, bo‘g‘riqib 
ketgan biqqi yigitni ko‘rsatdi. 
– Men askarlikka yollangan qulman, – deya to‘rttala o‘chkorga jovdirab boqdi soqchiboshi. – 
Sheriklarim ham shunaqa. Bizni o‘ldirmanglar, Sepkilshohni birgalashib qiyratamiz. 
Xonada qatorlashib turgan sholchalar ichidan soqovcha bo‘g‘iq tovushlar taraldi. Chamasi, 
sheriklari soqchiboshining gapini ma’qullayotgan edilar. 
Qora papoqlilar Qizqo‘rg‘onning darvozasini hanuz «gupir-gupir» urib, kamon o‘qlari tepadan 
vizillab o‘tib turgani uchun vaqt juda ziq edi. Meshpolvon gapni chuvalab o‘tirmay, qizlardan beshta 
non so‘rab olib, soqchiboshining tumshug‘iga qadadi. «Yorug‘ olamda tengi yo‘q dahshatli 
Meshpolvonga halol askar bo‘lishga qasam ich!» – deya uni qo‘rqitishga tushdi: 
Buzsang agar so‘zingni, 
Qush cho‘qisin ko‘zingni, 
Eshak tepsin o‘zingni, 
Shunday xavfli qasam ich! 
Qaytar bo‘lsang va’dadan, 
Buqa suzsin podada, 
Yiqilib tush xodadan
Shunday xavfli qasam ich! 
Pok tutmasang labzingni, 
Ochlik qiynab nafsingni, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling