Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Soqchiboshi esa ustidan tutun chiqarganicha bo‘kirib qochayotganlar ortidan: «Hammomga tez-tez 
kepturinglar!» – deb baqirib qo‘ydi. 
Ko‘p o‘tmay qiz boyoqishlar holdan toyishdi, takasaltang o‘sibmiz deb o‘zlarini koyishdi. Ulardan 
birining qo‘liga kamon o‘qi sanchilib, «voy, onajonim-ey», deb cho‘kkalab qoldi. Sheriklari 
chug‘urlashganicha kelib, uning yoniga to‘planishdi. 
Mana shu og‘ir daqiqada ufqni birdan chang-to‘zon qopladi. Qizqo‘rg‘on devoridagilar ham, 
pastdagilar ham nima voqea yuz berganini fahmlab ulgurmay, Meshpolvon yer-u ko‘kni zirqiratgudek 
bo‘lib qichqirdi: 
– Hojixon oshnam kelyapti! Sheriklariniyam boshlab kelyapti! E, yashavor! 
Haqiqatanam bular o‘nlab quyunlar edi. Ular uvlab-guvlab yetib kelishib, qora papoqlilarni almak-
jalmak aylantirganicha yerga ko‘tarib uraverdi. Qizqo‘rg‘on atrofini birpasda tozalab chiqishib, endi 
tarqoq galalarni ta’qib qilisha ketdi. 
Hamma sheriklaridan baland bo‘y cho‘zib, hammadan tez aylanib yelayotgan quyun Hojixonajina 
edi, albatta. U odamlar nazdida xuddi uvilloq tovush chiqarayotgandek tuyulsa-da, aslida jo‘shqin 
qo‘shig‘ini baralla aytib jang qilayotgandi: 
Aylan, quyunim, pildir-pildir, 
Barglar uchsin «shildir-shildir», 
Barglar shildiroq, 
O‘yna, pildiroq! 
Do‘stlar kulsin, dushman kuyunib, 
Yovning ko‘ziga qum soch, quyunim, 
Barglar shildiroq, 
O‘yna, pildiroq! 
Bosqinchilar tekin osh yer, 
Shag‘al joyda sendan tosh yer, 
Barglar shildiroq, 
O‘yna, pildiroq! 
Bosqinchiga uvlab borgin, 
Momosini uyiga quvlab borgin
Barglar shildiroq, 
O‘yna, pildiroq! 
Hojixonajina sheriklariga o‘rnak ko‘rsatib, charchoq nimaligini bilmay, jangni davom ettiraverdi. 
U, yo‘liga ko‘ndalang bo‘lganlarni osmonga parrakdek ko‘tarib, bexosdan tashlab yuborar, dushmanlar 
yerga «viq» etib tushib, sulayib qolardi. 
Qizqo‘rg‘on hademay qo‘lga kiradi deb chetdagi do‘nglikda sevinib turgan Qahratoniya 
lashkarboshisi maydonda qandaydir sirli to‘zonlar paydo bo‘lgach, ish chappasiga keta boshlaganidan 
qattiq tashvishga tushdi. Talvasada qolgan askarlarning ko‘nglini ko‘tarish, eng muhimi – 
Sepkilshohga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish niyatida janggohga qarab ot soldi. «Mana, yonlaringga yetib 
keldim, endi ishlar yurishib ketadi. Men umrimda yengilmaganman, yengilmayman. Hammang 
orqamdan ergash! Changdan qo‘rqma, tentaklar! Qo‘rqoqlarni dorga osaman!» – deb jangchilarni 
Qizqo‘rg‘on sari boshlashga urindi. Biroq, atrofiga oltmish-etmish kishi yig‘ilib-yig‘ilmay, u ham 
quyunning qo‘liga tushdi. Hojixonajina guv-guvlab kulib, uni otidan oshqovoqdek yulib, o‘zini havoda 
chirpiratib, guldor chakmonini bayroqdek hilpiratib, orqaga surgilab ketdi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling