Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
zahoti eshakka aylanib, shartta orqasini o‘girdi. Hammaga ma’lumki, olamdagi eng xavfli hayvon – 
odamga teskari turgan eshak. U bir shataloq otib, jag‘imga tepdi. Jag‘imdagi manavi chandiqni 
ko‘ryapsizlarmi, qizlar? Tirik qolganimga qoyilmisiz? 
– Hartugur, o‘lmasangiz ham, hushdan ketgandirsiz? 
– Yo‘q, qizlar, kallamga o‘z vaqtida to‘g‘ri topshiriq berib, hushimni ketkizmadim. Belimdagi 
chilvirni oldim-u, uchini sirtmoq qilib, bir otishda eshakning oldingi oyog‘ini orqadagisiga chirmadim. 
Bo‘yniga tosh osib qo‘yganimdan keyin qilt etolmay qoldi. «Bugundan boshlab qulingman, 
askarlarimniyam senga berdim, meni qo‘yvor», deb elanishga tushdi. 
– Sheriklaringiz yoningizdamidi? 
– Yonimda desam ham bo‘laveradi. Harqalay, uzoqqa ketishmagan ekan. Qarasam, Oshiqbola 
minan Rayhon tog‘angiz terakning uchida o‘tirishibdi. Uyoq-buyoqqa ovoz qilganimdan keyin
Chumakvoy yumronqoziqning inidan emaklab chiqdi... 
Davraga oldiniga Oshiqbola, sal o‘tgach, Chumakvoy bilan Rayhon qiziq kelib qo‘shildi-yu, 
Meshpolvonning sarguzashtlariga bag‘ishlangan gurungdan fayz ketdi. Qo‘mondon birdan 
jiddiylashib, «endi g‘idi-bidisiz ovqatlanib olaylik», deb farmon qildi... 
E, bolasi tushmagurlar-a! Zap g‘alati kitobxonlarga uchradim-da. Boya aytuvdim-ku menga xalaqit 
bermay turinglar deb. Yana o‘sha ahvol – mana endi: «Meshpolvon olijanob maqsad bilan yo‘lga 
chiqqan bo‘lsa-yu, ovqatxo‘rligiyam mayli, lekin namuncha yolg‘onni ko‘p gapiradi?» – deb 
so‘rayapsiz. 
Insof bilan aytganda, ochofatlik ham, to‘qib so‘zlash ham bo‘lmag‘ur narsa. Ayniqsa, yolg‘onni 
hamma yomon ko‘radi. Ammo, aldoqchilikning atrofdagilar uchun xatarlisi bor, xatarsizi bor, ba’zilari 
zararli, ba’zilari bezarar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Meshpolvondan ortiqcha o‘pkalashimizning 
hojati yo‘q deb o‘ylayman. Qolaversa, o‘zingiz yuqorida aytganingizdek, uning maqsadi ezgu, yuragi 
toza. Aynan mana shu ikki narsa Meshpolvonning istarasini mengayam, sizgayam issiq ko‘rsatib, 
kamchiliklarini xaspo‘shlab turgan bo‘lsa, ajabmas... 
* * * 
Hojixonajina Sepkilshoh qasridan ancha kech qaytib, ko‘rgan-eshitganlarini davradagilarga kula-
kula hikoya qilib berdi. 
Uning aytishiga qaraganda, ertangi jang rejasi uyoqda qolib, Sepkilshoh va arboblar lashkarboshini 
rosa qisuvga olishibdi. 
- Askarlarning ko‘zini lo‘q qilib, varrakda qochganing nimasi? – deya darg‘azab so‘rabdi 
Sepkilshoh.
– Nega qocharkanman? Qochganim yo‘q! 
– Axa! Demak, shunchaki yallo qilib uchgansan. Bundan chiqdiki, saltanatimizga azaldan 
dushmansan, askarlarni ataylab yo‘ldan urgansan. 
– Varrak qani? Uni qaerga yashirding? – debdi qopgudek bo‘lib vazir. 
– Qanaqa varrak? Hech qanaqa varrakni bilmayman. Boshimni aylantirmanglar. 
Endi nozirlardan biri pismiqlanib gap qistiribdi: 
– Chunonchi varrakda uchmagan ekanlar, unda qanotlarini ko‘rsatsalar bir tabriklab qo‘yardik. 
– Podshohi a’zamdek oliy zot yerda turganlarida, lashkarboshiga osmonda balo bormi? – debdi 
ikkinchi nozir. 
Bu gapdan keyin Sepkilshoh yanada sergaklanib, jag‘i kaptiga yo‘rgaklanib, masalani 
ko‘ndalangiga burib yuboribdi: 
– Xo‘sh, qanaqa jazo beramiz bunga? 
– Qopga solib, daraxtga ilib qo‘yamiz, – debdi vazir. 
Nozirlar ham har xil takliflar kiritishibdi: 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling