Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 Hammasini ko‘rib keldim. – Hay, endi nima qildik? – deb atrofdagilarga ko‘z yugurtdi Chumakvoy. – Nima qilardik? – dedi Rayhon qiziq. – Begona kalla ko‘rinsayoq, sen ko‘ziga chapillatasan, men burniga po‘killataman. Hojixonajina yo‘l-yo‘lakay o‘ziga-o‘zi telbadek so‘ylab, ajabtovur bir hiyla o‘ylab qo‘ygan edi. Hozir shuni aytib, o‘rtoqlariga maslahat soldi. Uning fikri, qo‘mondonning ayrim tuzatishlaridan keyin, ma’qul deb topildi. Bir payt Meshpolvon: «Hov, qizlar, qog‘oz-qalam opkelinglar», deb qoldi. Qizlar aytilgan narsalarni keltirishgach, «bularni Oshiqbolaga beringlar», dedi. To‘rttala o‘chkor ichida savodi puxtarog‘i Oshiqbola edi, shu bois u qog‘oz-qalamni indamay qo‘lga olib, qo‘mondonning og‘ziga tikildi. – Yoz, oshnaginam, – dedi Meshpolvon. – Qahratoniyani kir oyog‘ida ezib, qo‘ni-qo‘shnilarniyam tinchini buzib yotgan ashaddiy bo‘zaxo‘r, tug‘ma maraz Sepkilshohga yuz yoqqa dong‘i ketgan dahshatli Meshpolvondan ogohlantiruvchi xat, deb sarlavha qo‘y. Yozdingmi, oshna? Rahmat senga, kam bo‘lma. Shundan so‘ng u jahongir qiyofasiga kirib, dabdaba bilan bidirlab turaverdi, kotibi hiringlab- hiringlab yozaverdi: «Ey, Sepkilshoh! Marazliging shundan iboratki, ko‘p odamning rizqini qiyib, og‘zidagini ilib ketding. Seni davringda itlarga omon-omon bo‘lib, odamlar zanjirga boylandi. Hamma sendan xafa. Chekkaroqda qo‘lga tushsang, rosa tepishsa kerak. Bu kuningdan o‘lganing yaxshi. Lekin, ochiq aytganda, haliyam kechmas, taxtni yaxshilikcha bo‘shatib qo‘y. O‘z ixtiyoring minan jo‘nasang, biz ham orqangdan quvib o‘tirmaymiz. Askarlarning uvoliga qolma, baribir kuning bitdi. O‘rningda esliroq odam bo‘lganda, ism-u sharifimni eshitgan zahoti mushukni minib qochardi. Xullas, izzatingni borida gumdon bo‘l. Senga men minan askarlarim oq yo‘l tilab qolamiz». Xat yozib bo‘lingach, bekach xotinni qamoqdan bo‘shatishib, nomani qo‘liga tutqazishdi. «Qasrdan chiqib, to‘g‘ri qiblaga yurasan, boriboq xatni Sepkilshohga berasan», deb qo‘yib yuborishdi. Shundan so‘ng Meshpolvon ertangi jang oldidan to‘yib uxlab olishsin deb soqchi va qizlarning hordiq chiqarishiga ruxsat berdi. Yana birozdan keyin ajinalarni soqchilikka qoldirib, to‘rttala o‘chkor ham uxlagani yotishdi. Odatda eng sergak odam ham yarim kecha bilan sahar mardon oralig‘ida qotib uxlab qoladi. Lashkarboshi o‘z rejasini xuddi ana shu mahalda amalga oshirishni mo‘ljallagan edi. Uning fikricha, bu ishga ajratilgan askarlarning yarmi lahimdan o‘tib borib, g‘aflatdagi mudofaachilar ustiga yopirilishi, bu orada bir qismi qo‘rg‘on darvozasini ochib yuborishi lozim edi. Darvoza ortida kutib turganlar ichkariga bosib kirgandan keyin g‘alayonchilarning asir tushishdan boshqa iloji qolmasdi. Uyqusirab turib, bunday jips qurshovni yorishga urinish o‘limga borish degan gap edi. Chakalakzordagi qora papoqlilar lahimga kira boshlagani haqida soqchi ajinalardan biri xabar keltirgach, Hojixonajina darhol to‘rttala o‘chkorni uyg‘otdi. Ular pana joylarga pisib olishib, chigirtkalar yallasiga quloq solishib, tek yotishaverdi. Nihoyat, sharpa eshitilib, lahimdan qop-qora papoq, papoq ostidan ikki juft ko‘z-quloq, yo burun yo nosqovoq, mo‘ylovga ko‘milgan og‘iz, hiqildog‘-u bo‘g‘iz balqib, chalafahm bir kalla atrofga olazarak jalangladi. So‘ng qo‘rqmay chiqaveringlar degandek pastdagilarga imo qildi. Oshxonaning orqasidagi maydoncha zum o‘tmay askarga to‘lib ketdi. Hammasi yig‘ilib bo‘lgandan keyin, yarmi yotoqxona tomon, yarmi darvoza sari yurishga chog‘langan ham ediki, Hojixonajinaning arslon qiyofasiga kirib olgan gala-gala sheriklari ularni to‘rt tarafdan o‘rab, ko‘zlari bir botmondan go‘sht so‘rab, irillaganicha yaqin kelishaverdi. Askarlar chumchuq bo‘lib tug‘ilmaganidan ming afsuslanib, tarashadek qotib qolishdi. – Qimirlaganing arslonga yem bo‘lasan! – deb hayqirdi Oshiqbola. – Qani, hammang darvozaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling