Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 – Aynan shuni o‘ylab turuvdim, – deya qo‘mondonligi tutib tamtamlandi Meshpolvon. – Oshiqbolani bunaqa bachkana janglarga kiritmayman. Yerga oftob qo‘nishi bilan, yalanglikda ikki yuz nafar qora papoqli askar paydo bo‘lib, tayoqqa ola bayroq ilganicha, ur-sur qilib jangga kirdi. Oldilariga bir uyum mayda tosh, qalampirga qorilgan loy soqqani g‘amlab, temirchining cho‘qmoriday shay turgan Rayhon qiziq va Chumakvoy ularni istehkom ortida kutib oldi. Xodalar uyumiga mushukdek tatalab-tirmashayotgan qora papoqlilar birma- bir adabini yeb yiqilgani sayin, ikkalasining zavqi jo‘shib, jangni hazil-mazaxga aylantirib yuborishdi: – Uyatga qo‘yma, oshnam tuppak. – Cho‘zmam, ishni bajar mixdek. – Ko‘zga – shap-shap! – Burunga – po‘k-po‘k! – Chap ko‘zlarni achitib urgin. – Burunlarni yolchitib urgin. – Ko‘zga – shap-shap! – Burunga – po‘k-po‘k! – Qalampirni sachrat qoshga. – Burunga salom soqqa toshdan. – Ko‘zga – shap-shap! – Burunga – po‘k-po‘k! – Ko‘zga – shap-shap! – Burunga – po‘k-po‘k! – Ko‘zga – shap-shap! – Burunga – po‘k-po‘k! – Shap! – Po‘k! – Shap! – Po‘k! To‘polon uzoqqa cho‘zilmadi. Sepkilshoh hali tushlikka o‘tirib ulgurmay, yuborilgan askarlarning yuztasi chap ko‘zidan, yuztasi burnidan yaralanib qaytganini unga xabar qilishdi. Shoh alamidan «dod» deb yubordi. Uyoqdan-buyoqqa potir-putir odimlab, sardorlarini «itbaliqlar» deb so‘kishga, «haromtomoq» deya lashkarboshining obro‘sini to‘kishga tushdi. Ko‘ringanga olapardek hurib, tokchadagi idishlarni yerga urib, jazavalanib qoldi. * * * Har qachongidek o‘z vaqtida uyg‘ongan quyosh navbatdagi kunni boshlab bergach, maydonda Sepkilshoh lashkarlarining uchdan bir qismi saf tortdi. – He, afsus, hozir Go‘ro‘g‘libek bobomning qirqtagina yigiti yonimda bo‘lsaydi, – deb g‘ijindi Oshiqbola. – Endi bunisini men bilmayman, – dedi Meshpolvon. – Nima bo‘lgandayam, bugun navbat seniki. Har xil bahona axtaravermasdan, jangda o‘zingni ko‘rsatib qo‘y. – Haliyam kunim senga qolgani yo‘q, – deb jirilladi Oshiqbola. – Umuman olganda, o‘zingdan- o‘zing nega buyruq berib yuribsan? Seni bizga kim qo‘mondon qildi? Meshpolvon ham bo‘sh kelmadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling