Microsoft Word asosij vositalar hisobi


 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi


Download 225.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana28.10.2023
Hajmi225.09 Kb.
#1731846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
asosij vositalar hisobi168

3.3 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi
Asosiy vositalarning turkumlanishi analitik ќisobni yuritish uchun asos qilib olinadi. Inventar 
kartochkalari va ќisobga olish daftari va inventarizasiya ro’yhati asosiy vositalarning analitik 


26 
ќisobini asosiy registrlari ќisoblanadi. Ularning kanday shaklda bo’lishi asosiy vositalarning 
turlariga bog’liq ba’zi korhonaldarda analitik ќisob inventar kartochkalarida yuritilsa, 
boshqalarda asosiy vositalarni ќisobga olish daftari va inventarizasiya ro’yhatidan foydalaniladi.
01 "Asosiy vositalar" schyoti mulk tarikasida tegishli bo’lgan asosiy vositalar to’g’risida 
ma’lumotlar berish uchun tayinlangan.
Ta’sischilar tomonidan Nizom kapitali uchun hissa sifatida berilgan asosiy vositalar quyidagi 
buhgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 01 "Asosiy vositalar" 
Kredit 75 "Ta’sischilar bilan hisob kitoblar" 
Asosiy vositalar korhonalar va jismoniy shahslardan bepul olinganda va hukumat organlaridan 
subsidiya tariqasida berilganda buhgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 01 "Asosiy vositalar" schyoti 
Kredit "Foyda va zararlar" 
Kredit 85/3 "Qo’shilgan kapital" (davlat korhonalarida) 
Asosiy vositalarning korhonadan chiqib ketishiga doir ќisob jarayonlari 47 "Asosiy vositalarni 
sotish va ularni boshqa chiqib ketishlari" aktiv passiv schyotida amalga oshiriladi. Ushbu 
schyotning debetida chiqib ketayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati, asosiy 
vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq harajatlar, asosiy vositalarga tegishli qo’shimcha 
qiymat solig’i aks ettiriladi. 47 schyotining krediti bo’yicha esa chiqib ketayotgan asosiy 
vositalarga tegishli eskirish miqdori, asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushum, asosiy 
vositalar tugatishdan olingan materiallar, ehtiyot qismlar va boshqalarning asosiy vositalarni 
tugatish komissiyasi tomonidan o’rnatilgan baќoda ќisobga olinadi. 
Asosiy vositalar sotilganda ularni sotish baќolari 62 yoki 76 schyotning debeti va 47 schyotning 
kredetida yoziladi. Bir vaqtning o’zida asosiy vositalarning daslabki qiymati 01 schyotning 
kreditidan ќisobdan o’chirilib 47 schyotning debetiga yoziladi. Eskirish miqdori esa 02 schyot 
debeti va 47 schyot kredetiga yoziladi. Asosiy vositalarni sotish bo’yicha ќisoblangan 
qo’shimcha qiymat solmigiga 47 schyot debeti va 68 schyot kreditlanadi. Asosiy vositalarni 
sotish bilan bog’liq bo’lgan harajatlarga 47 schyot debetlanadi va quyidagi schyotlar 
kreditlanadi: 10, 12, 23, 70, 69 va boshqalar. 
Asosiy vositalar bepul berilganda ularning dastlabki qiymati 47 schyotning debeti va 01 
schyotning kreditida aks ettiriladi. Eskirish miqdori esa 02 schyotning debetida va 47 schyotning 
kredetiga yoziladi. Bepul berilayotgan asosiy vositalarni ortish, tahlash va tushirish va boshqa 
harajatlar 47 schyotning debeti va tegishli schyotning kredetiga yoziladi. Bepul berilgan asosiy 
vositalarning chiqib ketishi natijasida aniqlangan zarar miqdoriga 87 schyot debetlanadi va 47 
schyot kreditlanadi. Ayrim ќollarda bepul berilgan asosiy vositalarning korhonadan chiqib 


27 
ketishidan foyda olinishi mumkin. Bunday ќollarda yuqoridagi buhgalteriya yozuvi aksincha 
bo’ladi ya’ni debet 47 va kredit 87 
Boshqa korhonalarning Nizom kapitaliga hissa tarikasida berilgan asosiy vositalar 
tomonlarningkelishuviga muvofiq belgilangan qiymatda 06 schyot debetlanadi va 47 schyot 
kredetlanadi. 
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 47 schyotning debetlanadi va 01 schyot kreditlanadi. 
Berilayotgan asosiy vositalarning eskirish miqdori va 02 schyot debetlanadi va 47 schyot 
kredetlanadi. Asosiy vositalarni boshqa korhonalarga berish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha 
harajatlarga 47 schyot debetlanadi va tegishli schyotlar kreditlanadi.(10, 12, 13, 23, 70, 69, 85 va 
h.k.z. 
Hisobot davri tugagandan so’ng 47 schyotning har bir subьekti bo’yicha debet va kredit 
oborotlarining farqi aniqlanadi. Olingan foyda ya’ni kredit oboroti debet oborotdan ko’p bo’lsa 
farq miqdori 47 schyotning debet va 80 schyotning kredetiga va aksincha 80 schyotning debet va 
47 schyotning kreditiga yoziladi.
Bepul berilgan asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida sodir bo’lgan moliyaviy 
natijalarining schetlarda kanday aks ettirilishi yuqorida ko’rib o’tildi.
Inventarizasiya natijasida aniqlangan ilgari ќisobga olingan asosiy vositalar 01 schyotning debeti 
va 80 schyotning krediti bo’yicha yozib boriladi va ortiqcha va kamomadlar sabalari va 
aybdorlar aniqlanadi. 
Asosiy vositalarnineg eskirishining ќisobi. 
Asosiy vositalarning eskirishi har oyda davlat tomonidan to’la tiklash uchun urnatilgan 
amortizasiya me’yorlari asosida aniqlanadi. 
Halq ho’jaligida asosiy fondlar bo’yicha amortizasiya ajratmalarni ќisoblash tartibi ќaqidagi 
Nizomga muvofiq amortizasiya ќisoblash ob’ekti bo’lgan asosiy vositalar tarkibi o’zgargan 
shuningdek amortizasiya ќisoblanadigan asosiy formulalar ro’yhati ichki ho’jalik yo’llari asbob 
uskunalar ,trasnport vositalari, zahirada to’rgan va korhona balansidagi asosiy faoliyatga tegishli 
bo’lgan asosiy vositalar bilan to’ldiriladi. 
1991 yil 1 yanvardan asosiy fondlarga amortizasiya ќisoblash tartibi o’zgargan ya’ni faqat to’la 
tiklash uchun amortizasiya ќisoblanadi. 1992 yil 1 apreldan boshlab asosiy vositalarga eskirish 
tiklash qiymati bo’yicha ќisoblanmoqda.
CHet ellardan sotib olingan asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblashda shunga o’hshash asosiy 
vositalarga belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi. 
Nizomda ijaraga olingan asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ќisoblashning har hil tartiblari 
ko’zda tutilgan bo’lib u ijaraning turlariga bog’liq. Agar ijaraga topshirilayotgan ob’ekt uzoq 
muddatli ijara sharti bilan topshirilsa, bunda asosiy vositalarga amortizasiyani ijarachi ќisoblaydi 
va maќsulotning tannarhiga olib boriladi. Agar ijaraga berilayotgan obyuьekt joriy ijara sharti 


28 
bilan berilchsa unda asosiy vositalarga amortizasiyani ijaraga beruvchi ќisoblaydi va uni 
realizasiyadan tashqari jarvayonlar harajatlari tarkibida aks ettiriladi. Ќisoblangan ijara ќaqi esa 
realizasiyadan tashqari daromadlar tarkibida ќisobga olinadi.
Nizomda yangi ќisoblash tehnikalarini materiallar, priborlar va asbob uskunalarning yangi 
progressiv tgurlarini ishlab chiqaruvchi va esportga chiqarilayotgan maќsulotlarning hajmini 
ko’paytirish uchun jismonan va ma’naviy jiќatdan eskirgan asosiy vositalarni birdaniga 
almashtirishni ko’zda tutgan korhonalarga amortizasiya ќisoblashning usulini qo’llashga ruhsat 
etilgan. 
Amortizasiya ќisoblashning jadallashtirilgan usulini quyidagilarga ruhsat etilmaydi:
− normativ bo’yicha foydalanish muddati 3 yilgacha bo’lgan mashinalar, asbob uskunalar va 
transport vositalariga; 
− aeroflotning samolyot - motor parkining normativ hizmat muddati samolyot va 
vertolyotlarning ish soatlariga miqdoriga bog’liq bo’lgan ayrim asbob uskunalarga; 
− avtomobil transportining har 1000 km ќaqiqatda bosib o’tilgan yo’li qarab foizda 
ќisoblanadigan amortizasiya ajratmasiga; 
− faqat belgilangan sinov va ma’lum maќsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan asbob uskunalar va tehnikalarga jadaolashtirilgan amortizasiya ќisoblashda 
amortizasiya ќisoblashning teng usuli qo’llaniladi va amortizasiya ajratmasining yillik 
normasi 2 martadan oshmasligi kerak. 
Amaliyotda oylik amortizasiya miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: o’tgan oyda amortizasiya 
miqdoriga o’tgan oyda kelib tushgan asosiy vositalarning oylik amortizasiya miqdori qo’shiladi 
va o’tgan oyda chiqib ketgan asosiy vositalarning amortizasiya miqdori ayirib tashlanadi. 
Asosiy vositalarning eskirishini ќisobga olish uchun 02 passiv schyot foydalaniladi. Ushbu 
schyotga ikkita subschyot ochilishi mumkin: 
1.
"O’ziga tegishli asosiy vositalar eskirishi" 
2.
"Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar"
Birinchi subschyotda o’ziga tegishli asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinsa, 2 subschyotda 
uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinadi. 
O’ziga tegishli va uzoq muddatli ijaraga olingan ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar 
bo’yicha ќisoblangan amortizasiya miqdoriga ishlab chiqarish va muomila harajatlarni ќisobga 
oluvchi schyotlar (20, 23, 25, 26 va boshqa schyotlar) debetlanadi va 02 schyot kreditlanadi. 
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ќisoblangan amortizasiya miqdoriga 80 schyot 
debetlanadi va 02 kreditlanadi.
Mahsuldor hayvonlar, bugular, kutubhona fondlari, yosh kuchatlar, umumiy foydalanishdagi 
avtomobil yo’llari, konservasiyaga berilga asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblanmaydi. 


29 
Amortizasiya ќisoblash muddati tugagan asosiy vositalarga eskirish ќisoblanmaydi. O’ziga 
tegishli asosiy vositalar korhonadan chiqib ketganda 02 schyot debetlanadi va 47 schyot 
kreditlanadi. 02 schyot bo’yicha analitik ќisob asosiy vositalarning turlari va aloќida inventar 
ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.
Amortizasiya fondining jamgarilishini va foydalanishini buhgalteriya ќisobi schyotlarida aks 
ettirilmaydi. Maќsulot, ish va hizmatlarni sotishdan tushgan tushum tarkibidagi amortizasiya 
ajratmasi ќisoblanish schyotiga yoki korhonaning boshqa schyotlariga o’tkaziladi va ushbu 
schyotlardan asosiy vositalarga tegishli kapital ko’yilmalarini moslashtirish jarayonida ќisobdan 
o’chiriladi. 
Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlarining ќisobi. 
Asosiy vositalar ta’mirlvashning murakkabligi hajmi va qiymatini ќisobga olgan ќolda ularning 
kapital va joriy ta’mirlashga bo’lish qabul qilingan. 
Asosiy vositalarni ta’mirlash ho’jalik usulida yoki pudrat usulida amalga oshirilishi mumkin. 
Barcha ќollarda ta’mirlashni amalga oshirish uchun nuksonlar qaydnomasi tuziladi. Nuqsonlar 
qaydnomasi bo’yicha avval ta’mirlashning smeta qiymati aniqlanadi va ta’mirlash jarayoni 
tugatilgandan so’ng esa uning ќaqiqiy qiymati aniqlanadi va smeta qiymatidan chetga chiqish 
aniqlanadi. 
Agar kapital ta’mirlash ho’jalik usulida amlag oshirilsa nuksolar qaydnomasiga asosan 3 
nushada naryad buyurtma tuziladi. Uning 1-nushasi ta’mirlashni amalga oshiruvchi bo’linmaga, 
2-si buhaglteriyaga analitik ќisobni yuritish uchun, 3- nushasi esa bosh injkenerda ta’mirlashning 
borishini nazorat qilish uchun saqlanadi. Nuksonlar qaydnomasiga va naryad buyurtmalariga 
asosan omborlardan material va ehtiyot qismlar olish uchun ќujjatlar yoziladi. 
Ta’mirdash harajatlarini to’g’ridan to’g’ri maќsulotlar ish va hizmatlarning tannarhiga olib 
borish mumkin yoki ularni kopdash uchun olidindan qilingan ajratma ќisobiga tashkil qilingan 
ta’mirlash fondidan qoplash mumkin.
Ta’mirlash harajatlari to’g’ridan to’g’ri maќsulotlarni ishlab chiqarish harajatlariga olib 
borilganda ishlab chiqarish harajatlarini ќisobga oluvchi schyotlar debketlanib tegishli schyotlar 
kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari ishlab chiqarish harajatlarini hisoga oluvchi 
schyotlarda tegishli harajat moddalarida aks ettiriladi. 
Ta’mirlash fondini tuzgan korhonalarda ularni ќisobga olish uchun 89 "Kelgusi davr harajatlari 
va rezervlar" schyotiga aloќida "Ta’mirlash fondi" subschyoti ochiladi. 
Ta’mirlash fondiga ajratmalar qilish ta’mirlashning barcha turlari bo’yicha rejadagi smeta 
harajatlariga asosan qilinadi. Ta’mirlash fondiga qilingan ajratmalar buhgalteriya ќisobi 
schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi.
Dt 20, 23 va boshqa harajatlarni ќisobga oluvchi schyotlar 
Kt 89 "Ta’mirlash fondi" subschyoti 


30 
Ta’mirlash fondi tashkil qilingan korhonalarda ta’mirlash ishlari ho’jalik usulida amalga 
oshirilganda ta’mirlash harajatlarini 23 schyotda ќisobga olishlari zarur. ushbu schyotning 
debetida ќaqiqatda amalga oshirilgan ta’mirlash harajatlari ќisobga olinsa, uning kredetida esa 
ta’mirlash ishlarining ќaqiqiy tannarhi ќisobdan o’chirilganda 23 schyotning debetidagi qoldiq 
tugallanmagan ta’mirlash harajatlarining miqdorini ko’rsatadi. 
Bunda ta’mirlash harajatlari qilinganda ular buhgalteriya ќisobi schyotlarida quyidagicha aks 
ettiriladi. Dt 23 
Kt 70, 69, 89, 10, 12, 23, va boshqalar. 
O’chirilganda Dt 89 Kt 23 
Tugallanmagan ta’mirlash harajatlari buhgalteriya balansida "Tugallanmagan ishlab chiqarish" 
moddasida ko’rsatiladi. 
Asosiy vositalarni ta’mirlash jarayonida materiallar kam baќoli va tez eskiruvchi buyumlar, 
ehtiyot qismlar va boshqalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a’zolari baќolab kirimga olinadi 
va buhgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi Dt 10, 12. Kt 23. 
Kapital ta’mirlash pudrat usulida amalga oshirilganda korhona ta’mirlash korhonasi bilan 
shartnoma tuzadi. 
Ta’mirlash tugagandan keyin mahsus komissiya uni qabul qilishni topshirish aktiga asosan qabul 
qilib oladi. 
Tugallanib topshirilgan ta’mirlash ishlarining qiymati ta’mirlash fondi ќisobidan koplanadi va 
buhgalteriya schetlarida quyidagicha aks ettiriladi. Dt 89 Kt 60 
Ta’mirlash harajatlari pudrat usulida amalga oshirilganda ular to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish 
harajatlarini ќisobga oluvchi schetlarda aks ettirish mumkin. 
Pudratchi tashkilotlarning ta’mirlash harajatlarini to’lash to’g’risidagi schetlari 51 Ќisoblashish 
scheti va boshqa schetlarda to’lanishi mumkin va ular buhgalteriya ќisobi schetlarida 
quyidagicha aks ettiriladi. Dt 60 Kt 51. 
Ќisobot yili tugagandan so’ng asosiy vositalarning ta’mirlashning ќaqiqiy harajatlari summada 
ishlab chiqarish harajatlarini ќisobga oluvchi schetlarga yozilishi zarur. CHunki 89 schetning 
subscheti bo’yicha salьdo bo’lishi mumkin emas. SHuning uchun ќam "Ta’mirlash fondi"ning 
summasi ta’mirlashning ќaqiqiy harajatlari summasiga korrektirovka qilinishi zarur. Agar 
ta’mirlash fondi etarli bo’lmasa qo’shimcha ajratma qilinishi mumkin yoki ushbu summa 
to’g’ridan-to’g’ri 23 schetning kreditida ishlab chiqarish harajatlari ќisobga oluvchi schetlarning 
debeti olib boriladi. 
Noishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalar ta’mirlanganda ularning harajatlari 
korhonaning sof foydasidan koplanadi va buhgalteriya ќisobi schetlarida quyidagicha aks 
ettiriladi. Dt 81 Kt 10,70,69,60,76 va boshqalar. 
Ijaraga olingan asosiy vositalar ќisobining o’ziga ќos hususiyatlari. 


31 
Ijara munosabatlari tuzilishiga qarab joriy va uzoq muddatli ijaraga bo’linadi. Joriy ijarada 
ijaraga beruvchi o’z mulkini ma’lum muddatga ijarachiga beradi va mulk shartnoma muddati 
tugagandan so’ng ijaraga beruvchiga qaytariladi. Joriy ijarada ijaraga beruvchi mulk egaligi 
huquqi va majburiyatlarini saqlab qoladi va ijarachiga faqat mulkdan foydalanish huquqi utadi. 
Uzoq muddatli ijarada ijarachi ijaraga olingan ob’ektni belgilangan muddatda olish ko’zda 
tutiladi va mulk egasiga joy ijaraga o’tadi. Uzoq muddatli ijarada ijaraga olingan asosiy vositalar 
ijarachini balansida aks ettiriladi.
Joriy ijarada ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida ќisobga olinadi. 
Ijaraga berish shartnomaga asosan asosiy vositalarning ijarachiga topshirish amalga oshiriladi va 
qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi. 
Ijara shartnomasida ijaraga berilayotgan mulkning takibi, qiymati ijara muddati, tomonlarning 
majburiyatlari, ijara ќaqi va boshqa zarur bo’lgan shartlar ko’rsatilishi zarur. ijara ќaqi asosiy 
vositalarning eskirish miqdori va ta’mirlash harajatlari va ma’lum miqdorda foydadan iborat 
bo’ladi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar buycha moliyaviy natijalar aniqlanadi va kelgusi davrlarning 
foydasi va daromalida akus ettiriladi. 
Joriy ijarachi joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’msirlash harajatlarni ijaraga beruvchi 80- 
schyot debet va materiallar, ќisob kitob va pul mablag’lari schyotlarining kredetida aks ettiriladi. 
Ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish ќisoblash ijarachining foyda miqdorini kamaytiradi 
va quyidagi buhgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Dt 80 Kt 02. 
Joriy davr uchun ijara ќaqi ќisoblanganda 76 schyot debetlanadi va 80 schyot kreditlanadi. 
Kelgusi davrlar uchun avans tarikasida ќisoblangan ijara 70 schyot debeti va 83 schyotning 
krediti bo’yicha aks ettiriladi. Ijara to’lovlari kelib tushganda 51 va 52 schyotlar debetlanadi va 
76 schyot kreditlanadi. Avans tarikasida to’langan ijara ќaqini joriy to’lov sifatida qabul 
qilinganda 83 schyot debetlanadi va 84 kredetlanadi. 
Ijarachi tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital ko’yilmalar hajmiga 
ijarachi olingan asosiy vositalar miqdori oshiriladi va quyidagi buhgalteriya yozuvlarida 
ko’rsatiladi. Dt 01. Kt 08. 
Ijarachi ijaraga olingan asosiy vositalarni balansdan tashqari 001 schyotida dastlabki qiymati 
bo’yicha ќisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik ќisobi ob’ektlar va ijaraga 
beruvchilar bo’yicha yuritiladi. 
Ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga ќisoblangan ijara ќaqiga ishlab chiqarish va muomila 
harajatlarini ќisobga oluvchi schyotlar debetlanadi va 76 schyot kreditlanadi. ijarachi to’lagan 
ijara ќaqi miqdoriga 76 schyot debetlanadi va 51 schyot kreditlanadi. 

Download 225.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling