Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

umumiy sxemasi. 1-akkumulator, 2-bosh saqlagich, 3-O‘OK, 4-saqlagich,
5-O‘OG‘, 6- taqsimlagich, 7-taq-simlagich rotori, 8-qabul qilish chulg‘ami,
9-tranzistor kommutatori, 10-datchik rotori, 11-vakuum-rostlagich, 12-markazdan 
qochma rostlagich, 13-o‘t oldirish shamlari. 
O‘zDEUavto avtomobillarining o‘t oldirish tizimlari. O‘zDEUavto 
qo‘shma korxonasining Tiko, Damas rusumli avtomobillarida ham 
kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi qo‘llangan (41-rasm) bo‘lib, 
unda magnitli-elektr datchik o‘rnatilgan. Taqsimlagich valiga o‘rnatilgan 
datchik rotori 10 aylanganda, induktiv qabul qilish chulg‘ami 8 da 
EYUK hosil bo‘ladi va u tranzistor kommutatori 9 ga uzatiladi. Tiko va 
Damas avtomobillarining o‘t oldirish tizimida po‘lat o‘zakli, 
magnito‘tkazgichga ega bo‘lgan yopiq turdagi o‘t oldirish g‘altaklari 
ishlatilgan. 


 63
O‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi (10-rasm). Dvigatel ishga 
tushib, magnitli-elektr datchik rotori aylana boshlaganda qabul qilish 
g‘altagida o‘zgaruvchan tok induksiyalanadi, uning «+» qismi ta’sirida 
tranzistor VT da baza toki vujudga keladi va u ochilib, o‘t oldirish 
g‘altagining birlamchi chulg‘amidan tok o‘ta boshlaydi. Keyingi 
daqiqada qabul g‘altagida induksiyalangan o‘zgaruvchi tokning «-» 
qismi ta’sirida tranzistor VT yopiladi va birlamchi tok zanjirini uzadi. 
Natijada, o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik 
bilan yo‘qola boshlaydi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi 
chulg‘amida yuqori kuchlanish induksiyalanadi.
42-rasm. Tiko, Damas rusumidagi avtomobillari o‘t oldirish
 tizimining ishlashi.
Tiko, Damas avtomobillarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi 
dvigatelni aylanishlar chastotasi va yuklamaga ko‘ra avtomatik tarzda 
rostlash markazdan qochma hamda vakuum rostlagichlar yordamida 
amalga oshiriladi. Bu mexanizmlarni tuzilishi va ishlash tartiboti 
yuqoridagi bo‘limlarda batafsil yoritilgan. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling