Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. Oxirgi vaqtda avtomo-
billarda tobora keng tatbiq topayotgan kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish 
sistemalari yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t oldirish 
sistemalaridagi asosiy yangilik uzgich kontaktlarining yo‘qligidir.


 59
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzis-
torli o‘t oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va 
tuzilishi bilan farqlanadi. 
Magnitoelektr datchik (35-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatil-
gan doqimiy magnit 1 va o‘zakga o‘ralgan stator chulg‘ami 2 dan iborat. 
Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydoni ta’sirida stator 
chulg‘amida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanadi. 
Datchik kuchlanishi U musbat bo‘lganda va qiymati UB
-E 
ga yetganda 
tranzistorni boshqarish toki hosil bo‘ladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha 
o‘tadi: O‘OG‘ ning birlamchi chulg‘ami 
o tranzistorning baza-emitter 
o‘tish joyi 
odatchik chulg‘ami. Tranzistor VT ochiladi va akkumulator 
batareyasidan o‘t oldirish g‘altagining (O‘OG‘) birlamchi chulg‘ami 
hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi orqali birlamchi tok I
1
o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy bo‘lganda tranzistor yopiladi, 
o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri
uziladi va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi. 
Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda chulg‘am 2 da EYUK 
ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va natijada 
tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya’ni o‘t oldirish 
g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli 
dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni, silindrlar soniga 
teng bo‘lishi kerak. 36-rasmda silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan 
magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan. Magnitoelektr datchik 
ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil 
bo‘ladigan EYUK amplitudasi doqimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning 
ayla-nishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanishlar chastotasi ortishi 
bilan EYUK amplitudasi ham ortadi (35-rasm, b). Bu esa tranzistor 
ochilishi va yopilishi ( 
D
1
va 
D
2
burchaklar) va demak o‘t oldirish 
daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. 
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishni ilgarilatish 
burchagiga ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida ham 
markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi.
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda 
kichik va u tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli 
kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarining amaliy sxemalarida maxsus, bir 
necha bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi. 
Kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida magnitoelektr datchiklardan 
tashqari yuqori chastotali generator, foto-elektr, yarimo‘tkazgichli va 
boshqa turdagi datchiklar qo‘llanishi mumkin. 


 60
Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi 
signal yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil 
qilinadi. Generator 1 ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning 
birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. Transformatorning ikkilamchi 
chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish birlamchi va ikkilamchi 
chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit qarshiligiga 
bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga 
ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi. 
36-rasm. Magnitoelektr datchik sxemasi. 1 - magnit, 2 - stator, 3 - chulg‘am 
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda
havo tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi 
rotor tanasi bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. 
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish 
ham shunga mos ravishda o‘zgaradi. 
Fotoelektr datchik (38-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik 
manbai, darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va 
yorug‘lik sezuvchi elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich taqsimlagich 
valiga mahkamlangan lappak aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan 
chiqqan nur lappak darchasidan o‘tib, yorug‘lik sezuvchi element 2 ga 
tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. 
37-rasm. Yuqori chastotali 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling