Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Batareyali o‘t oldirish tizimi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

Batareyali o‘t oldirish tizimi. Ushbu tizim quydagi asosiy 
asboblardan iborat: o‘zgarmas tok manbai (akkumulator yoki generator), 
uzgich taqsimlagich, kondensator, yondirish g‘altagi va yondirish 
svechalari. Aytib o‘tilgan asboblar ikkita elektr zanjirni tashkil qiladi: 
birlamchi va ikkilamchi. 
Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai Ʀ,
uzgich, yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘ami L1 va uzgich 
kontaktlariga paralel ulangan kondensator C1 dan iborat. 
33-rasm. Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimi umumiy sxemasi. 
Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish g‘altagini ikkilamchi cho‘lg‘ami 
L2 dan, yondirish svechalaridan va yuqori kuchlanish tokni o‘tkazuvchi 
simlardan iborat. 
Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida 
birlamchi zanjirdan tok o‘taboshlaydi, buning natijasida yondirish 
g‘altagini birlamchi cho‘lg‘am atrofida, o‘zakdan chiqqan magnit 
maydonini kuch chiziqlari xosil bo‘ladi. Magnit maydonini kuch 
chiziqlari birlamchi cho‘lg‘am bilan birga ikkilamchi cho‘lg‘am L2 ni 
o‘ramlariga ham kirib o‘tadi. Yondirish g‘altagi kuchlanishni 
kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi 


 55
cho‘lg‘amda kuchlanish 10...12V ni tashkil qilsa, ikkilamchi 
cho‘lg‘amda kuchlanish 300…400V gacha oshadi.
Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan 
(tirqishdan) elektr uchquni o‘tishi uchun kamida 16000…20000 V kerak 
buladi.
Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich 
kontakitlari tomonidan uzilishi bilan xosil bo‘ladi, chunki tok yunalishi 
bilan magnit maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo‘qola boshlaydi. 
Magnit kuch chiziklari katta tezlikda o‘zak tomonga intilish jarayonida 
ikkilamchi cho‘lg‘am o‘ramlarini kesib o‘tadi. Buning natijasida 
ikkilamchi cho‘lg‘amda 16...25kV gacha yuqori kuchlanishli elektr 
yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu tufayli yondirish svechasi 
elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi.
Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi 
cho‘lg‘amida ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil 
bo‘lib, uning yo‘nalishi ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qarama-
qarshi bo‘ladi. Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari 
orasidan uchqunlanib o‘tishiga olib ketadi, natijada ular tez-tez kuyib
kichik kuchlanishli tokni o‘tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab 
qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-o‘zini induksiyalash EYUKni o‘ziga 
qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi. Undan keyin kondensa-
tordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zryadsizlanishi natijasida 
ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu zaradsizlanish 
indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z 
navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta’minlaydi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling