Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Akilov 2012yil (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVTOMOBILNING ELEKTR JIHOZLARI
yurish yo‘lini sozlash. 1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi;
4-to‘xtash chirog‘ini yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to‘xtatish chirog‘ini o‘chirgich; 7-tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh silindr. 114 4. Qo‘l tormozini tekshirish va sozlash. Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho‘zilishi, qo‘l tormozi dastagi yo‘lining ko‘payib ketishiga olib keladi. Orqa g‘ildiraklar dastak to‘liq yo‘lining 2 /3 qismda 400 N kuch bilan tortilganda to‘liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim. Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550- 73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar)dan keng foydalanil- moqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi minus 15 °S dan past va 25°S dan yuqori haroratda o‘z oquvchanligini yo‘qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo‘lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu suyuqliklarni bir- biriga qo‘shib ishlatish man qilinadi. 115 6-bob. AVTOMOBILNING ELEKTR JIHOZLARI Avtomobilning elektr jihozlari energiya manbalari va is’temolchi- lardan iborat (73- rasm). Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional sistemalarga bo‘lish mumkin(73-rasm): • elektr ta’minot tizimi (generator, uchlanish relesi, akkumulator batareyasi). • ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, akkumulator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar). • o‘t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, o‘zgich- taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari); • nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko‘rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa). • yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara osti chiroqlar va hokazo). • qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrodvigatellari, konditsionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo). • dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi. • o‘tkazgichlar va kommutatsiya jihozlari. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling