Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Oyatlarning nuzul sabablari
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ko‘zni (haromga qarashdan) to‘singlar...”
- “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar...” oyati nozil bo‘ldi”
- “...Bas, sizlar (nomahram
Oyatlarning nuzul sabablari
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha: “Rasululloh (s.a.v.) zamonida Madina ko‘chalarida ketayotgan bir ayol va bir erkak ro‘baro‘ kelishganida qarashadi. Shayton bu boqishlarini bir-biriga yoqtirishga harakat qiladi. Kishi bir tomondan yurar va u ayolga qarardi. Boshi ayol tarafga burilgan bo‘lgani uchun oldindan chiqqan bir devorga urilib, burnini qonatdi; “Allohga (j.j.) qasamki, Rasulullohga (s.a.v.) borib, vaziyatni tushuntirmagunimcha burnimning qonini yuvmayman”, deb qasam ichdi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib voqeani aytdi. Rasululloh (s.a.v.) “Burningni devorga urib qonatganing gunohingning jazosidir”, dedilar. Shundan so‘ng mo‘min erkaklarga: “Ko‘zni (haromga qarashdan) to‘singlar...” oyati nozil bo‘ldi. Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy shunday rivoyat qiladi: “Asmo binti Mirsa’dning (r.a.) Bani Horisa yerlarida bir xurmozori bor edi. Ayollar u yerga etak tutmasdan, ko‘ksi, sochlari va oyoqlaridagi taqinchoqlarini ko‘rsatib, ochiq holda borardilar. Asmo (r.a.) “Bu ko‘rinishingiz naqadar chirkin!” dedilar. Shundan so‘ng, “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar...” oyati nozil bo‘ldi”. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Oyat tafsiridagi tafsilotlar Birinchi kuzatish: Alloh taoloning “Ko‘zlarini tiysinlar” va “Nomuslarini qo‘risin” so‘zlaridagi hikmat shuki, nomahram ayollarga boqish zino elchisi, yomonliklarning boshidir. Nazarlar qalb elchisi bo‘lgani uchun, ko‘ringan manzaralar insonni o‘ziga tortib, qiynaydi. Zero, har ko‘rganingni ado etolmaysan, ba’zi ko‘rganlaringga sabr qilolmaysan. Zero, qarash bilan mubtalo bo‘lish mumkin. Bundan saqlanmoq qiyin. Ko‘z har narsani qalbga yetkazadigan eshikdir, yo‘ldir. Inson bu yo‘l orqali gunohga botadi. Chunki, boqish tabassumga, tabassum salomga, salom suhbatga, suhbat kelishuvga, kelishuv esa, g‘ayri mashru’ ishga vasila bo‘ladi. Ikkinchi kuzatish: Oyatdagi “ko‘zlarini tiysinlar” amri har narsa uchun emas, Alloh taolo harom qilgan narsalarga tegishlidir. Uchinchi kuzatish: Oyatdagi “Ziynatlarini ochmasinlar” ta’biri ziynatlar taqilgan joylarni, shu sababli ziynatlar berkitilishini ifodalaydi. Zamahshariy aytadilar: “Oyatda ziynat joyining zikr etilishidan hikmat; ziynat joylarni berkitish zarurligini ifoda etilishidir. Chunki, Alloh taolo “Ziynatlarini ochmasinlar” deya buyurar ekan, aslida ziynat joylarining ochilmasligini qasd etgan, ya’ni, maqsad qilib qo‘ygan. Chunki, taqilmagan ziynatlarning ko‘rinishi harom emas. Bu jihatidan ziynatlarning ta’qiqlanishiga zarurat yo‘q. Demak, aslida ta’qiqlangani – ziynatlar taqiladigan joylardir”. To‘rtinchi kuzatish: ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, odam ko‘z bilan zavqlangani kabi, quloq bilan ham lazzatlanadi. Shuning uchun, Alloh ayollar yurganlarida, “hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar!...” deb buyuradi. Chunki oyoqlar yerga urilganda taqilgan ziynatlarning masalan, qo‘ng‘iroqchalarning ovozi eshitiladi. Bu ovoz erkaklarga ayol kelganini bildirib, shahvoniy xohishlarini qo‘zg‘aydi. Shu sababdan bu oyat ham avvalgi oyatda bo‘lgani kabi ziynat taqilgan a’zolari, oyoqlarining ochilishi haromligiga dalolat etadi. Xullas, shahvatni qo‘zg‘aydigan atr-upa, nozli yurish va nozli suhbatlashishlar ham ta’qiqlanadi. Chunki, Alloh taolo: “...Bas, sizlar (nomahram Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling