Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istihoza – uzr qoni
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 kitob esa, homilaning nutfa holidagi paytida yashirin va aniq bo‘lmagan shakllanishidan so‘z ochmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi tibbiyot aniqlagan shakllanishni inkor etmayapti. Ayni vaqtda tasdiqlayapti. Hatto ibni Hojar homilaning nutfa holida shakllanishini ochiqcha izohlaydi: “Janobi haq birinchi 40 kunning oxirida bir farishta yuboradi. Qon laxtaga aylangan bir paytda nuftani yoriq holda shakllantiradi. Et parchasiga aylangach, Alloh ikkinchi marta farishtani vazifalantirib, uni ochiq holda shakllantiradi”. Tushgan homilaning qo‘l-oyoq, barmoq, tirnoq va soch kabi ba’zi a’zolari aniq bo‘lsa, bola hukmidadir. Homila a’zolari faqat 120 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ayol shu muddatdan boshlab nifoslik hisoblanadi. Homila a’zolari ma’lum bo‘lishidan maqsad, homilaga ruh berilishidir. Bu ham 120 kundan so‘ng bo‘ladi. Istihoza – uzr qoni Istihoza – uzr qoni rahm (bachadon)dan emas, bir tomirdan kelib, tanosil a’zosi yo‘lidan oqqan hidsiz bir qondir. Istihoza bilan bog‘liq masalalar: Istihoza qoni hayz va nifos qonidan farq qilib, burundan kelgan bir qon kabidir. Istihoza ayol pok ayol hukmidadir. Bu bir kasallik hisoblangani uchun ayol turli xil ibodatlarni ado etadi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, Ka’bani tavof etadi, jinsiy munosabatda bo‘lishi mumkin. G‘usl lozim bo‘lmaydi. Dalili: Ibn Mojaning «Sunan»ida: Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) Fotima binti Abu Xubayshga: “Hayz kunlarida namozdan uzoqlash, so‘ngra (hayz muddati tugagach) cho‘mil va (qon davom etsa ham) har namoz uchun tahorat ol. Hatto (bo‘yra) ustiga tomchilasa ham”, dedilar30 . O‘zidan uzr qoni kelgan bir ayol peshin namozi vaqtida tahorat olib, namoz o‘qisa, so‘ngra qon to‘xtasa, bu ayolning namozi tamomlangan bo‘ladi. Faqat tahorat olib hanuz namoz boshlamasidan avval yoxud namoz o‘qirkan qon to‘xtasa, tahoratning qiymati qolmaydi. Yangidan tahorat olib, namozini o‘qishi zarur. Homilador ayoldan kelgan qon istihozadir. To‘qqiz yoshdan kichik qizlardan kelgan qon istihozadir. Bir ayol 55 yoshdan so‘ng qon ko‘rsa, hayz emas. Faqat bu yoshdan so‘ng kelgan qon rangi quyuq qora yoki quyuq (to‘q) qirmizi bo‘lsa, bu hayzdir. Agar qon rangi bunday bo‘lmay, och rangda bo‘lsa istihozadir. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling