Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug‘ishning nazorat qilinishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 Shofe’iylarga ko‘ra esa, erkak yoki ayol uyquda ihtilom bo‘lib, uyg‘onganida, namlik ko‘rsa, g‘usl zarurdir. Namlikdan maqsad – maniyning tashqariga chiqishidir. Ayolning farjigacha oqib tushgan namlik ko‘rinsa, g‘usl qilishi kerak. Namlikka duch kelmagan taqdirda, uyquda ihtilom bo‘lganini ko‘rgan kimsaga g‘usl kerak emas. Uyqusida ihtilom bo‘lganini xotirlagan va inzol lazzatini sezgan bir odam uyg‘onganida bir ho‘l ko‘rmasa, u odam g‘usl qilishi shart (lozim) emas. Ayol uchun ham shunday. Uyg‘onganida to‘shagida yoki uyqusida nam ko‘rgan odam ihtilom bo‘lganini xotirlayotgan bo‘lsa, agar o‘sha namlikning maniy yoki maziy bo‘lganiga qanoat keltirsa, yoki maniymi, maziymi ekanida shubhaga tushsa, o‘sha odamga g‘usl qilish lozim bo‘ladi. Faqat o‘sha namlikning oq ekaniga qanoat keltirsa (ishonsa), g‘usl kerak emas. Agar namni ko‘rib, faqat ihtilom bo‘lganini xotirlayolmasa va namlik oq degan qanoatga borsa, g‘usl kerak emas. Faqat bu nam maniy degan qanoatga borsa, g‘usl qilishi zarur. Agar o‘sha odam namlikning maziy ekaniga ishonsa, yana g‘usl qilishi shart (zarur) emas. Tug‘ishning nazorat qilinishi Tug‘ishning nazoratga olinishi aholi ko‘payishini chegaralash, homila(dorlik)ning oldini olish niyati bilan amalga oshirilgan, hayotga, turmushga tadbiq qilingan va siyosiy, iqtisodiy, demografik, tibbiy, axloqiy, ijtimoiy va diniy jihatlarni o‘z ichiga qamraydi. Oila(ni) va aholini reja lashtirish nomi bilan tug‘ishni nazorat qilish o‘tgan asrlardan beri tadbiq qilinishiga qaramasdan, asosan XIX asrda G‘arbiy Yevropada ijtimoiy harakat sifatida paydo bo‘lib, tezda butun dunyoga tarqaldi. Tug‘ish-tug‘ilish nazorati amaliy tatbiqotining turli sabablari bor: 1. Xavfsizlik, ta’minot andishasi, kelajakdan qo‘rquv – ochlik va yo‘qsillik muammosi; 2. Davlat aholini ozaytirish yoki ko‘paytirish chegarasini saqlashi uchun tashviq etishi; 3. Homila(dorlik)ni hohlamaslik; 4. Tug‘ish-tug‘ilishni mumkin (bo‘lgan) eng yaxshi shart-sharoitlargacha kechiktirmoqlik, qoldirmoq xohishi; 5. Ko‘pbolalilik qulay va rohatda yashashga to‘sqinlik qilishi, faqat iqtisodiy jihatdan to‘kislikka erishgachgina ko‘p bolalikni istamoq; 6. Xastaliklar. Xastaliklarning bolaga ham o‘tish xavfi. OITS, varam (sil, shish) va hokazo. 7. Bolaning ko‘pligi ibodatga va ilmga to‘siq bo‘ladi, degan fikr; 8. Yangi bir homila(dorlik) ayol uchun tahlikali bo‘lishi yoki emizikli bolasiga zarar berish holati. Dinimizga ko‘ra, zaruratlar va xastaliklardan tashqari, boshqa sabablar tushunarsiz topilmoqda. Turli tug‘ish nazorati yo‘llari, usullari va vositalari topilmoqda, faqat bularning ko‘pchiligi homilaning oldini keskin ololmayapti. Homiladorlikning oldini olishda turli vositalar qo‘llanilyapti: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling