Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Ayol g‘usl qilayotganda xaznasini (farjini) yuvadimi?


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Ayol g‘usl qilayotganda xaznasini (farjini) yuvadimi? 
Junub, hayz va nifos hollarda ayol xazna tashqarisini yuvishi vojibdir. Tahoratda esa 
sunnatdir. Ichini yuvish shart emas.
Ayol a’zosiga tiqilgan narsalar g‘uslni shart (lozim) qiladimi? 
Ayol xaznasiga erkak tanosil a’zosidan boshqa barmoq va shunga o‘xshash narsalar 
tiqilsa g‘usl lozim emas. Ayol xaznasiga shifo uchun doktor barmoq yoki asbob kiritishida 
ayolga ham, doktorga ham g‘usl kerak emas. Shifo uchun qo‘llanilgan pilik va 
boshqalarning hukmi ham shunday.


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
G‘uslga mone’ bo‘lguvchi narsalar 
Tirnoq orasida, ustida bo‘lgan (va teriga suvni o‘tkazmaydigan) turli bo‘yoq (lak)lar g‘usl 
komil bo‘lishiga mone’. Tirnoq ustida yupqa qatlam hosil qilib, tagiga suv 
o‘tkazmaydigan bo‘yoq (lak)lar g‘uslga mone’dir (bo‘lsa g‘usl komil bo‘lmaydi). Faqat 
tirnoq orasidagi yoki unga yopishgan kir g‘uslga mone’ emas. Bu xususda qishloqlik va 
shaharlik teng barobardir. Lablariga surilgan bo‘yoq, ustida qatlam hosil qilsa (albatta, 
hosil qiladi) va suvni shu bo‘yoq teriga o‘tkazmasa, g‘uslga mone’dir. 
Tirnoqdagi loy, tuproq g‘uslga mone’ emas. Xurmo to‘plagan kishilar bilan 
bo‘yoqchilarning tirnoqlariga bulangan narsalar g‘uslni komil bo‘lishiga mone’dir. 
Lekin bularning bari zarurat va tozalanishning mashaqqati bo‘lganda va zarur holatlarda 
g‘uslga ijozat beriladi. 
Bir kishining badaniga baliq tangachasi yoki chaynalgan non yopishib, qurib-qotib qolsa-
yu, yuvinib-cho‘milganda tagiga suv o‘tmasa, u kishining g‘usli komil bo‘lmaydi. Faqat 
badanida pashsha yoki burga najasi bo‘lgan kishining g‘usli komil bo‘ladi.
Ko‘z, qosh, qaboq bo‘yog‘i g‘uslga mone’mi? 
Bular ostiga suv o‘tmasa, g‘uslga mone’. Lekin tabiiy o‘sma, surma ostiga suv 
o‘tkazganidan bu joizdir. Va tib tomonidan ham foydalidir. Tabiiyki, faqat uy ichida eri 
uchun qo‘yishi, surishi mumkin. Bezanib-bo‘yanib ko‘chaga chiqishi gunohdir.

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling