Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 1. Azl, ya’ni, erkak jinsiy munosabatni yarmida to‘xtatishi, maniyni tashqariga oqizishi; 2. Taqvim (ritm) usuli – ayolda homila bo‘lmaydigan davrlarda jimo’ qilish; 3. Prezervativ (condom, kaput). Spermatazoidni homila bo‘ladigan bo‘shliqqa tushishining oldini olish uchun. So‘nggi yillar rasman tashviqoti kuchaygan va asrning eng qo‘rqinchli xastaligi OITSga qarshi eng yaxshi chora – himoya vositasi sifatida ko‘rsatilmoqda; 4. Yutiladigan dorilar. Bularning ta’siri turlicha; 5. Rahm (bachadon) ichiga qo‘yiladigan narsalar: diofragma, kremlar (malham, malzamlar), supozituar, tampon va spirallar; 6. Oldirish (abort); 7. Bepushtlik; 8. Artib, yuvish; 9. Laparoskopiya – ho‘llangan issiq bint yoki plastir (malham mato) yopishtiriladi; 10. Sterilizatsiya, ya’ni, ayolning tuxumdon yo‘llarini jarrohlik yo‘li bilan bog‘lab tashlash. Bunda ayol hech qachon farzand ko‘rolmaydi. Homiladorlikning oldini olish vositalarining turli xil ta’sirlari va tahlikalari mavjud. Barchasi fitratga zid, tabiiy qo‘shilishga to‘siqdir. Ularning ko‘pchiligi ruhiy-asabiy behuzurlik keltiradi, nomutanosiblikka sabab bo‘lib, jamiyatda tanglik paydo qilmoqda. Lekin ba’zan ayol hayoti uchun tahlikali holat bo‘lsa homiladan saqlanishlik shariatga zid kelmaydi. Hazrat Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) bizga kelgan rivoyatlarda ham azl ta’qiqlangani uchramaydi. Shuning uchun azlga jumhur ulamo muboh deb qarashadi. Turli fatvolarda ulamolar zarurat bo‘lmaganda har qanaqa shaklda homilaga to‘sqinlik qilish joiz emasligini, faqat tahlikali hollardagina azl ham, dori qabul qilish ham joizligini aytishgan. Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) “Azl qilinsa ham, qilinmasa ham, Alloh xohlagan har jonzot qiyomatgacha dunyoga kelajagini” aytganlarini dalil sifatida olgan va istisno hollaridagina ruxsat bergan islom ulamolari, umuman, tug‘ishni nazorat qilishga qarshi chiqmoqdalar. Faqirlikdan qo‘rqqanlar uchun dalil shuki, Alloh ayollarni faqat xushvaqtlik uchun yaratmagan. Erkak xotinga farzand ko‘rish niyati bilan yaqinlashishi kerak. Bu sunnatdir va farzand oilaning asosiy maqsadidir. Alloh marhamat qiladi: Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling