Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Mahrga nimalar berilishi mumkin?
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Mahrga nimalar berilishi mumkin?
Rivoyatlarni o‘qiganimizda avvalo oltin, kumush, oro bo‘lmoq uchun uy va ziynat ashyosi, cho‘ponlik qilish, Qur’on o‘rgatish kabi turli ish va narsalarni ko‘ramiz. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 45 Uy ashyosi: oltin va kumushning ya’ni, pulning mahr ekanini bilamiz. Boshqa narsalar ham mahr bo‘lmoqda. Shulardan biri uy ashyosi: Abu Said al-Xudriy (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.) hazrati Oyshaga (r.a.) 40 dirhamlik uy ashyosi bilan uylandilar”. Temir uzuk: Sahl ibn Sa’d (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.)ga bir ayol keldi: “Menga bir er toping, yo Rasululloh”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bunga kim uylanadi”, dedilar. U yerdagilardan biri: “Men uylanaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unga temirdan bo‘lsa ham bir uzuk ber”, dedilar. U: “Yonimda yo‘q”, degach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unday bo‘lsa, bilgan Qur’on suralaringni unga o‘rgat”, dedilar. Oyoq kiyim: Abdulloh ibn Amrning otasi deydilar: “Fazora o‘g‘illaridan biri bir ayolga juft oyoq kiyim berib uylangandi. Payg‘ambarimiz eshitib qabul etdilar”. Bir kishi Ibn Abbosga bir ayolga nikohlanganini aytdi. Ibn Abbos: “Oyoq kiyimingning bir poyini bo‘lsada unga ber va zifofga (chimildiqqa) kir”, dedilar. Zirh: Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.) qizlari Fotimani so‘rashdan uyaldim. Beradigan hech vaqom yo‘qligini xotirlab voz kechdim. So‘ngra Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yordam va yaxshilik-sevarliklarini eslab bordim, so‘radim. Menga: “Biror narsang bormi?”, dedilar. “Yo‘q”, dedim. “Hutomiya sovut (zirh)ing qaerda?”, deb so‘radilar. Men “Uyimda”, dedim. Keltirdim. Nikohimizni qildilar. Zifof kechasi bo‘lishi bilan yonimizga keldilar, o‘tirdilar. Biz baxmal chimildiq ichida edik. Payg‘ambarimizni (s.a.v.) ko‘rib uyaldik. “Kelgunimcha suhbatlashmang!”, dedilar. Bir kosa suv so‘radilar. Suvga o‘qib (dam soldilar), duo qildilar. So‘ng suvni ustimizga septilar. “Meni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi, unimi?”, dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Uni juda yaxshi ko‘raman, ammo sen men uchun qimmatliroqsan!”. Taom (egulik): Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Kim uylanadigan ayolga ikki qo‘lini to‘ldirib un, bug‘doy va qovurilgan un kabi taom, yeydigan narsalar bersa, nikohi halol bo‘ladi”. Cho‘ponlik: hazrati Muso (a.s.) hazrati Shuaybga (a.s.) 8 yil cho‘ponlik qilib, qizini olgani Qur’oni Karimda yozilgan. Alloh marhamat qiladi: Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling