Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun 
alohida diyyat lozimdir. 
2 – Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida 
aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat 
zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. 
Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir. 
Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola 
uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir 
diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir. 
3 – Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni 
esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir 
sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo 
berilmaydi. 
4 – Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir 
fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning 
fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir 
jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning 
tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi. 
5 – Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan 
yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi.
Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori 
Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul 
qilib, bolasini o‘lik tushirgach, o‘zi ham o‘lsa, bunda qasdga o‘xshash jinoyat sodir 
etilgan, ya’ni homilani tushirish hodisasi sodir bo‘lgan. Bunda homila uchun bir diyyat 
lozim, ayolni esa qasdga o‘xshash mazmunda o‘ldirgani sababli ham og‘ir bir diyyat 
shartdirki, bu 120 tuya bo‘lur. 
Homila tushishiga sabab bo‘lgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu 
imom Shofe’iy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka ko‘ra, bu 
o‘rinda kafforat mandubdir, vojib emas. 
Imom Abu Hanifaga ko‘ra, homila o‘lik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat 
ham kerakdir. Kafforat ma’lum bo‘lganidek bir qul ozod qilmoq, yo‘qsa 60 faqirni 
to‘ydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutmoqdir. Shu bilan birga 
homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi – bu xususda 
faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor. 
Ammo diyyat xususida aytganlarimizdan tashqari farqli qarash va ijtihod yo‘qdir. 
Tabiiyki, to‘rt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz.


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling