Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahrning ko‘pi makruhdir
Mahrning ozi maqbuldir
Mahr bu- nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga beriladigan va qaytarib olinmaydigan sovg‘a. Mahr miqdori nima va qanday? Bu xususda bir-biridan farqli miqdorlar ko‘rsatilgan. Islom bu xususda qat’iy bir raqamni aytmaydi, aks holda vaqti kelib bu turli qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu va boshqa sabablar bilan mahr masalasida miqdor qattiq qo‘yilmagan. Bu raqam 5 va 12000 dirham orasida. Hazrati Alidan (r.a.) naql etilgan bir rivoyatda, 5 dirhamdan oz bo‘lmaydi, deyilgan. Boshqa bir rivoyatda esa, eng oz miqdor 10 dirham deb ko‘rsatilgan. Ibrohim an-Nahoiy hazratlari shunday deydilar: “Islomning avvalgi davrlarida ozod ayollarga nasli past, xulqi yomon xotinlarga haq berganday mahrlariga bir-ikki dirham berilishini xush ko‘rmasdilar, eng ozi 20 dirham berilishini istashar edi”. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 44 Zayd ibn Aslam shunday deganlar: “Qadimiy kitoblarda bitilgan: “Bokiraning mahri 40 dirham, tulning mahri 20 dirham-ki hech kimsa zino qilib ham “Men uylanishga imkon topolmadim”, demasin”. Hazrati Oysha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat etgan hadisda: “Ayolning hosiyatli, omadli, baxtiyor ekaniga ilk ishorat to‘y ishlarining va mahrining qulay, oson bo‘lishidir”. Urva ham, men ham: “Ayolning xosiyatsiz ekaniga ilk ishorati mahrning ko‘p bo‘lishi deymiz”. Bundan ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol mahri turmushni qulaylashtirish va osonlashtirish uchundir. Mahrning ko‘pi makruhdir Ummatning ko‘pligi bilan iftixor etajaklarini bildirgan suyukli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ko‘p mahrdan xursand bo‘lmasdilar. Abu Xodrad al-Aslamiy boshdan kechirgan bir hodisani shunday hikoya qiladilar. “Uylandim, kelib Rasulullohdan (s.a.v.) mahr uchun yordam so‘radim. “Qancha berding?”, dedilar. “200 dirham”, dedim. Rasululloh (s.a.v.): “Agar pulni Butxon darasidan cho‘mich bilan to‘plasangiz ham, bunchalik ko‘p bermasdingiz!”, dedilar. Mahr kuyov tarafning imkon va roziligiga qoldirilgan. haqiqatdan, buni quyidagi hadislarda ochiq-oydin ko‘rish mumkin: Bir majlisda Rasululloh (s.a.v.) ikki-uch marta: “Ersiz ayollarni turmushga bering!”, dedilar. Shundan keyin bir odam “Mahr qancha yo Rasululloh?”, deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Kelishuvlaringizga bog‘liq”, dedilar. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat etilgan bir hadisda esa: “Bir odam guvohlar huzurida uylanganda mahrni oz yo ko‘p berishida monelik yo‘qdir”,-deya marhamat qilingan. Hazrati Ali karramallohu vajhahu ham: “Mahr juftlar kelishuviga ko‘ra”, dedilar. Hasan Basriy ham: “Mahr oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin – tomonlar roziligiga tobedir”, der, buning ma’lum bir vaqti yo‘qligini so‘zlardilar. Bu rivoyatlardan anglashiladiki, mahr miqdori zaminu zamonga ko‘ra o‘zgarmoqda. Bu miqdor Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida me’yoriy (normal) hollarda 10-12 uqqa (400-500 dirham) orasida bo‘lardi: Abu Hurayra (r.a.) “Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida mahr 10 uqqa edi, har uqqa 40 dirham edi”, deydilar. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling