Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
“(Shuayb) aytdi: “menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
“(Shuayb) aytdi: “menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana
shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang (o‘n yil ishlab bersang) o‘zingdan (marhamatdir). Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan”. (Muso) dedi: “Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir” (Qasos surasi, 27-28-oyatlar). Musulmon bo‘lmoq: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilishicha: “Abu Talha Ummu Sulaymni so‘radi. U: “Qasamki, sen kabilar rad etilmaydilar, ammo sen kofirsan, men musulmonman, senga tegishim halol emas. Agar musulmon bo‘lsang, shuni mahr sifatida qabul qilardim, boshqa narsa sendan so‘ramayman”, dedi. Abu Talha musulmon bo‘ldi. Bu mahr sifatida qabul etildi”. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 46 Sobit dediki: “Ummu Sulaym kabi qiymatli bir mahr olgan ayolni eshitmadim. Abu Talha musulmon bo‘ldi, turmush qurdilar va xayrli bolalar ko‘rdilar”. Ozod etish: Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) Sofiya bint Huyayni ozod etdilar, so‘ng unga uylandilar. Ozodlik – mahr sifatida qabul etildi”. Qur’on o‘rgatmoq: Sahl ibn Sa’d (r.a.) aytadilar: “Rasulullohga (s.a.v.) bir ayol kelib, “O‘zimni sizga bag‘ishladim”, dedi va uzundan-uzoq kutdi. Birisi turib, “Yo Rasululloh, sizning ixtiyoringiz bo‘lmasa, uni menga bering”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Unga beradigan biron narsang bormi?”, dedilar. U: “hech narsam yo‘q”, dedi. Kishi axtarib hech narsa topolmadi. Rasululloh (s.a.v.) unga: “Qur’oni Karimdan biror narsa bilasanmi?”, dedilar. Kishi: “ha”, degach, “Shunga muvofiq bu ayolni senga zavjalikka berdim”,-dedilar Janobimiz (s.a.v.). Uy va xizmatchi: Ibrohim an-Naxoiy hazratlari bir ayolga uy va xizmatchi berib uylanishda hech qanday yomonlik ko‘rmasdilar. Hajga olib bormoq: Uqba ibn Omir rivoyat etgan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Ado etilishi juda ham lozim bo‘lgan shartlar, bir ayolni olayotganda unga muqobil bergan so‘zingizdir”. Ba’zilar bu shartlarni mahr, nafaqa va yaxshilik, va’da kabi uylanish ma’nosida tushunsalarda, aslida bular ayolga uylanish uchun ayol rozi bo‘ladigan turli xil shartlardir. Shunga qarab, Ibrohim an-Nahoiy, bir ayolni haj qildirmoq uchun unga uylanmoqni joiz ko‘radilar. Agar zifofga kirmasdan avval ajrashadigan bo‘lsa(lar), yarim haj harajatini berishi lozim bo‘ladi, dedilar. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling