Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir.
Sabab – Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi
xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf
qilib turishlaridir (Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh
saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini
saqlovchi)lardir...” (Niso surasi, 34-oyat).
Bu yerda erkak ustunligi ikki sababga bog‘langan: 1. yaratilish jihatiga ko‘ra. 2.
erkakning nafaqa ta’min etishiga ko‘ra.
Erga itoat qilgan xotin maqtovga loyiq ko‘rilgandir. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.)
“Xotinlarning eng yaxshisi qaysinisi?”, deb so‘rashganida: “Yuziga boqqanda erini
sevintiradigan, buyurganda eriga itoat etadigan, nomusi va moli
xususida eriga isyon
etmagan xotindir”, deb javob berganlar.
Qayd etish kerakki, xotinning bu itoati – erning mashru (shar’iy) buyruqlari uchun
haqiqiydir. Agar eri g‘ayri mashru’ ishlarga amr etadigan bo‘lsa
itoat etmaydi, hatto
qarshi chiqishi kerak.
Ayollarga erlariga ozor bermaslik amr etilgan: “...Maoz ibn Jabal (r.a.)dan aytilganiga
ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Qaysi bir ayol (mo‘min) eriga
ozor
berganda, u kishining hur jufti (bu ayolga): Alloh sening joningni olsin, u kishiga
ozor, aziyat berma. Chunki, shubhasiz u sening
yoningda mehmon musofirdir, sendan
ayrilib, tezda yonimizga keladi, deydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: