Erining ruhsatisiz ishga kirmoq
Islom ayolga uy ishlarini qilish vazifasini bergan. Islom dini erkaklargina qiladigan og‘ir
kasblarni ayollarga farz qilmagan, lekin ayollarga xos ba’zi ishlarni erkaklarga xos ba’zi
ishlar bilan tenglashtirib, ular bilan teng savob olishni joriy qildi.
Hozirgi sharoitda musulmon ayollarga turli sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishda,
shifoxonalarda, maktablarda ishlash ehtiyoji ortib bormoqda.
Ayol uydan tashqariga chiqishi bilan vazifa sohasining tashqarisiga chiqqan bo‘lurki, bu
holda harakat qilishi ba’zi shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Olimlar ayolning ish-harakatlarini, erining haqqiga zarar beradigan va bermaydigan
shaklda ikkiga ajratishgan; birinchisini man’ etib, ikkinchisini joiz ko‘rishgan.
Hanafiy faqihi Ibn Obiddin marhamat qiladilar: Shuni bilish foydaliki, qaysi bir ish ayolga
erining haqqini cheklasa, bu xil ishlar man’ qilinishi kerak. Ammo bunday zararlarga o‘rin
bermaydigan ishni man’ qilishda hech qanday ma’no yo‘q. Shuningdek, qilayotgan ish
ayollarga xos farzi kifoyalardan bo‘lsa, bundan ham uni man’ etish to‘g‘ri emas,
masalan, doyalik, tikuvchilik, muallimalikka o‘xshash ishlar. Ishlash bilan birga ayol
kishining farzandlarining tarbiyasini enaga yoki bog‘cha tarbiyachilariga tashlab qo‘yishi
bola tarbiyasiga nuqson yetkazishi mumkin, chunki hech kim onadek mehr berib,
tarbiyani o‘rinlatolmaydi. Hozir davr shundayki, ayol kishi ko‘chaga chiqmasdan uyda
o‘tirib ham farzandiga yaxshi tarbiya berolmaydi, chunki u zamondan orqada qoladi,
kunida sakkiz soat ko‘chada ishlab ham farzandlariga vaqt ajratolmaydi, ularni nazorat
qilolmaydi. Demak, shunday sharoit bo‘lishi kerakki, ayol ibodatlarini o‘rinlatgani holda
foydali mehnat bilan band bo‘lsin, ham farzandlari va eriga vaqti qolsin. Shunda
jamiyatga foydali bo‘ladi.
Taksilarda haydovchi bilan yolg‘iz ayol shahar ichida yoki tashqarisida uzoq-
Do'stlaringiz bilan baham: |