Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Ayollarning soch kestirishlari


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Ayollarning soch kestirishlari 
Ayol kishiga sochini kesishga zarurat tug‘ilsa, agar sochni butunlay tagidan yoki erkaklar 
sochiga o‘xshatib qisqartirib oldirsa haromdir. “Alloh taolo o‘zini erkaklarga o‘xshatishga 
harakat qilgan ayollarni va o‘zini ayollarga o‘xshatishga harakat qilgan erkaklarni 
la’natlagandir”.
Eriga aziyat bermaslik 
Ba’zi xotinlar erlaridan qancha-qancha yaxshiliklar ko‘rishlariga qaramay, arzimas narsa 
uchun barcha yaxshiliklarni inkor qilib, erlariga ozor beradilar. 
Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarga: “Sadaqa bering, ey ayollar, jahannam 
xalqining ko‘pi xotinlardir”,-dedilar. O‘rta hol bug‘doy rang bir ayol: “Nega yo 
Rasululloh?”, deb so‘radi. “Chunki siz ko‘p shikoyat qiluvchi, eringizning yaxshiligini 
(ne’matini) inkor etguvchisiz”, dedilar” . 
Payg‘ambarimiz dan, (s.a.v.) Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat etgan hadislarida: 
“Men uyda etaklarini sudray-sudray eridan shikoyat etish uchun chiqib ketgan 
xotinlardan nafratlanaman”, deganlar. 
“Bir xotin eriga har aziyat berganda jannatdagi xotini – hur qiz: “Unga ozor berma, Alloh 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
joningni olsin, u senning yoningda omonatdir. Ko‘p o‘tmay seni qoldirib, bizning 
yonimizga keladi”, deydi”. 
Abu Umoma al-Bohiliy aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir ayol keldi. Yonida 
ikkita sut emadigan bolasi bor edi. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) nimalardir so‘radi. 
Rasululloh (s.a.v.) uch dona xurmo berdilar. U har bolasiga bittadan xurmo berdi. 
Bolaning biri yig‘ladi. Xotin bir dona xurmoni ikkiga bo‘lib, bolalariga berdi. Bundan 
ta’sirlangan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: “Bular bolalarini qorinlarida 
ko‘taradilar, so‘ngra tug‘adilar, emizadilar, mehr-shafqat bilan o‘stiradilar. Agar erlariga 
ozor-aziyat bermasalar, namoz o‘qiganlari jannatga kiradi” . 
Erlari rozi bo‘lgan xotinlarga mana bu xushxabarni yetkazdilar: “Qaysi xotinning eri 
undan rozi holda o‘lsa, u xotin jannatga kiradi”.

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling