Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Ayolning uy ishlarini qilishi
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Ayolning uy ishlarini qilishi
Har bir xotin uy ishlarini qilib, hovli va uylarini toza tutmog‘i kerak. Bu xususda mazhablarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, quyidagi hadis fikrimizga oydinlik kiritadi: Hazrati Ali karramallohu vajhahu ibn Obudga shunday dedilar: “Senga o‘zim va Fotimadan gap ochaymi?” U: “ha” degach, shunday marhamat qildilar: “Fotima qo‘l tegirmonini torta-torta qo‘lini, suv tashiy-tashiy yelkasini qabartirdi, uyni supura-supura libosining ohori ketdi, oqardi”. O‘sha kunlar Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xizmatchilar kelgandi. “Men otangdan bir xizmatchi so‘ra”, dedim. U ketdi, otalari band ekanlar, bir narsa deyolmasdan qaytib keldi. Ertalab yana bordi. Rasululloh (s.a.v.): “Nima so‘ramoqchisan qizim”, dedilar. Fotima indamadi. Men, “men aytayin yo Rasululloh”, dedim va “Fotima tegirmon tortishdan qo‘llari, suv tashishdan yelkasi qabardi. Sizga xizmatchilar kelishi bilan borib sizdan bir xizmatchi so‘rashini, shu tariqa yukini yengillatishini aytgan edim”. Rasululloh (s.a.v.) qizlariga qaradilar: “Allohdan qo‘rq, ey qizim Fotima, Allohning farzlarini ado et, uy ishlarini qil, o‘rningga yotganingda 33 marta Alhamdulilloh, 33 marta Subhonalloh va 34 marta Allohu Akbar deya tasbeh ayt; hammasi yuz bo‘lur. Bu sen uchun xizmatchilardan xayrliroqdir”, dedilar. Fotima ham “Men Allohdan va Rasulidan roziman”, dedi. Rasululloh (s.a.v.) xizmatchi bermadilar . Islom er-xotin orasidagi haqlarni tartib-intizomga solish uchun qo‘ygan asoslar fitriy va tabiiydir. Erkak uydan tashqaridagi ishlarni, ayol bola boqish va uy ishlarini yaxshi biladi. Erkak ham, ayol ham tabiatiga mos ishlarni qilishga mukallafdirlar. Shunday qilib, xonadon ham tashqaridan, ham ichkaridan tartib-intizomga solinadi. Bundan ayol ham, erkak ham zarar ko‘rmaydi. Hazrati Fotimaning (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) uy ishlariga bir yordamchi so‘rashini va natijasini ko‘rdik. Endi hazrati Abu Bakrning (r.a.) qizi Asmoning (r.a.) hikoyasini tinglaylik: “Uy ishlariga qarab, barcha uy yumushlarini qilardim. Erim Zubayrning bir oti bo‘lib, uni ham men boqardim. O‘tini, suvini berardim, qova (chelak)ni men yamar, suvni men tortardim. Xamir qorardim. Bir farsahga yaqin masofadan boshim ustida xurmo va danaklarini tashirdim”. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 57 Bu ikki hadis uy ishlari ayolga, tashqi xizmatlar erkakka taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda. Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana bu hadislarida xotinning eridagi yana bir haqqiga ishorat qilmoqdalar: “Xotinlaringizda shu haqqingiz bor: istamagan kishilaringizni uyingizga qo‘ymaslik”. Mana bu hadis ham ibratlidir: “... o‘ziga dunyoligini ta’min etgan erining orqasidan ochilib-sochilgan xotinning yuziga Qiyomat kunida Alloh boqmaydi...”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat qiladilar: “Barchangiz cho‘pon (rahbar)siz va hammangiz qo‘l ostingizdagilarga javobgarsiz; amir halqiga javobgar. Erkak oilasiga rahbar, oilasiga va qo‘l ostidagilarga javobgar. Ayol eri haqlarining cho‘poni, uyiga va bolalariga mas’ul. Xizmatchi xojasi haqlarining cho‘poni va moliga javobgar. Shu sababdan barchangiz (boshliq)siz va hammangiz qo‘lingizdagilarga javob berasiz. Shunday ekan, masalalarga javob hozirlangiz. Ashob “Javoblari nima yo Rasululloh”, deyishdi. “Yaxshi amal (ish)lardir”, deb javob berdilar”. Ayol erining molidan eri rozi bo‘ladigan miqdorda sadaqa bergan taqdirda savob qozonadi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Bir ayol uy intizomini buzmaydigan shaklda erining molidan sadaqa bersa o‘zi ham, eri ham savobga sazovor bo‘lur”. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling