Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotinni tarbiyalash
- “... Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz...”
Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi:
Farz ibodatlarga hech kim mone’ bo‘lolmas. Nafl ibodatlarida esa qulaylik bor. Safvon ibn Muattalning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib, “Erim namoz o‘qiyotganimda uradi, ro‘zamni buzadi va o‘zi bomdodni quyosh chiqmasdan avval o‘qiydi”, deb shikoyat qildi. Eri ham yonida edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) undan so‘radilar. U: “namoz o‘qiyotganimda uradi” deyishiga sabab, u namozda ustma-ust ikki sura o‘qiydi, men unga buni mone’ qilgandim”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bir sura bo‘lsa ham barcha odamlarga yetadi”, dedilar. Safvon shunday davom etdi, “ro‘zasini buzishimga kelsak, uzundan-uzoq (bir necha kun) ro‘za tutadi, men esa yoshman, sabr etolmayapman”, dedi. Rasululloh (s.a.v): “Bir ayol erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutolmaydi”, dedilar. Shu mavzuga aloqador yana ikkita hadis bor: “Eri yonida bo‘lgan ayol uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutmasin”. “Bir ayol eri izn bermaguncha ro‘za tutolmaydi. Agar tutsa, ochligi va suvsizligi yoniga qoladi, ro‘zasi qabul bo‘lmaydi”. Ibni Umar (r.a.) haj to‘g‘risida Rasulullohdan (s.a.v.) shu hadisni rivoyat etadi: “Eri bo‘lgan boy xotinga eri ruhsat bermasa, nafl hajiga ketolmaydi”. Xotinni tarbiyalash Har bir oilaga rahbar kerak. Erning shariat doirasidagi barcha istaklariga xotini itoat etish majburiyatidadir. Agar itoat etmasa, eri tarbiyalash huquqiga ega. Zero, Alloh shunday marhamat qiladi: “...Xotinlarning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so‘ng (bu ta’sir qilmasa) ularni yotoqlarda tark etingiz, so‘ngra (bu ham kor qilmasa), ularni (majruh bo‘lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo‘l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug‘ zotdir” (Niso surasi, 34-oyat) . Oyatdagi “nushuz” kalimasi ayol eriga itoat etmasligi, unga qarshi kekkayish ma’nosida keladi. Oyatda “... Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz...” deyilmoqda. Quyidagilarga ishorat qilinmoqda; avvallari erining da’vatlariga rozilik bildirib, istaklarini darhol bajargan, eri ichkariga kirishi bilan darhol o‘rnidan turgan ayol endi tamoman shularning teskarisini qila boshlaydi. Bu holda eri quyidagilarni tartib bilan amalga oshiradi: a) avvalo yaxshi gapirib, nasihat qiladi. Eri unga Allohdan qo‘rqish kerakligini, xotinida ancha haqlari borligini, ya’ni, uning oldida bir talay huquqlarga ega ekanligini eslatadi. Aks holda nafaqasini to‘xtatishini aytadi; b) yotog‘ini tark etadi. Birinchi tadbir bilan ayolning aqli kirmasa, eri uni yolg‘iz yotishga mahkum etadi; Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 59 v) urmoq. Bu choraga yuqorida qilingan amallar ish bermasagina murojaat qilinadi. Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, ayol isloh etmoq (tuzatmoq) uchun uriladi, o‘ldirmoq yoki mayib-majruh qilmoq uchun emas. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Agar sizga itoatsizlik etadigan bo‘lsalar, ularni yengilroq uring”. Yengilroq urish qanday? Mufassirlar buni shunday tushuntirganlar: Ro‘molcha va qo‘l bilan uriladi, qamchi va tayoq bilan emas. Buni ham oshirib yubormaslik, bir joyga emas, yuzdan tashqari vujudining turli qismlariga almashtirib tekkiziladi. Chunki, yuz barcha go‘zalliklar mujassam bo‘ladigan inson chehrasidir. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling