Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir”
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Zinokor erkak, zinokor ayol yoki butga sig‘inuvchi ayoldan boshqasiga uylanmas. Zino qilgan ayol ham zino qilgan yoki butga topingan erkakdan
Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir” (Al-Isro surasi, 32-oyat) deya odamlarni
zinodan uzoq bo‘lishga chaqiradi. Rasululloh (s.a.v.) ham bizga zino va boshqa yomonliklarni shunday qoralab tushuntirganlar. Imron ibn Husayn deydiki: Rasululloh (s.a.v.) “Zino, ichkilik va o‘g‘irlikka nima deysiz”, deb so‘radilar. Biz: “Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi”, dedik. Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 61 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Bular fahsh (iflos) harakatlardir, jazoga loyiqdir...”. Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Janob Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: “Zino qilguvchi zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay, o‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagaydur va ichkilik ichuvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmagay. Tavba etsa, qabul bo‘ladimi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lgay”. 2. Zino qilganlar bilan turmush qurmoq, uylanmoq: Zino, nasliy zahm va so‘zak kabi yuqumli kasalliklarga sabab bo‘lsa, inson bir oilani, turmush qurishni tahlikaga solib qo‘yadi. Chunki, Alloh zoniy (zino qiluvchi)larning turmush qurishlari xususida shunday marhamat qiladi: “Zinokor erkak, zinokor ayol yoki butga sig‘inuvchi ayoldan boshqasiga uylanmas. Zino qilgan ayol ham zino qilgan yoki butga topingan erkakdan boshqasi bilan turmush qurolmas. Bu (xil uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir”. Ko‘ryapsizki, zino qilganlarga kimlar loyiq ko‘rilmoqda. Yo o‘zlariga o‘xshash zoniylar yoki butparastlar. Yanada oydinroq anglash uchun oyatning tushish sababini ko‘raylik: Abdulloh ibn Amr deydilarki: Musulmonlardan Ummu Mahzul degan boy bir fohishaga uylanmoq uchun Rasulullohdan (s.a.v.) ruxsat so‘radi. Bu xotin o‘ziga uylanadigan kishiga moli bilan yordamda bo‘lishini va’da qilgandi. U kishi vaziyatni Rasulullohga (s.a.v.) bildirgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuqoridagi oyatni o‘qidilar va bunday uylanishga ruxsat bermadilar. Ba’zi olimlar zino etgan ayollarga uylanishga ruxsat berganlar. Ular quyidagi dalillarga tayanganlar: Hazrat Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: Rasulullohdan (s.a.v.)so‘radilar: bir odam zino etgan ayolga va yoxud (uning) qiziga uylanishi mumkinmi? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob berdilar: “Harom, halolni harom etmas; faqat nikoh bilan bo‘lgani harom etar”. Ya’ni, ayolning zino etganligi shariat halol qilgan nikohni harom etmaydi, u ayoldan tavba umid qilinadi va unga uylanish mumkin. Hadisning ikkinchi qismi ma’nosi: ya’ni, bir kishi xotinining onasi bilan zino qilsa, xotini unga harom bo‘ladi. Hatto xotinining onasiga qo‘l tekkizishi (silashi, quchishi), o‘pishi va shahvat bilan avrat joyiga boqishi ham shundaydir. Bu yerda xotini bilan nikohlidir; holbuki, yuqoridagi hadisda odam ayol bilan nikohli emas. Amr ibn Dinor deydilar: Shomda bir ayol yomon (buzuq) ish qildi. Buni hazrat Umarga (r.a.) yozdilar. Hazrat Umar (r.a.) ayolning sohibiga: “Uni turmushga ber va ahvolini hech kimga gapirma”, deb yozdilar. Yana shu qarashdagilar yuqoridagi oyatni ta’vil etib va oyatdagi “nikoh” ta’biri uylanmoq ma’nosida emas, jimo’ ma’nosida, dedilar. Tavba va islohi hol qilganlar kechirilib, uylanishga ruxsat berilgan. Imom Sha’biy bir voqeani aytadilar: Yosh bir qiz zino qildi. Unga zino haddi urildi. So‘ngra bular muhojir bo‘lib ketdilar. Yosh qiz chiroyli, yaxshi tavba qildi, ahvolini tuzatdi. Kelib qizni amakisidan so‘radilar. Amakisi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling