www.ziyouz.com kutubxonasi
62
o‘tmishini tushuntirmay turmushga berishni istamas, faqat sirini fosh qilishni ham
istamasdi. Ahvolni hazrat Umarga (r.a.) bildirdilar. Hazrat Umar (r.a.): “Uni boshqa
soliha ayollar kabi turmushga uzatgin”, deb yozdilar.
Bir kishi Ibn Abbosga dardini yordi: «Bir ayol bilan ta’qiqlangan munosabatda bo‘lib
yurardim. So‘ngra Alloh bizga tavba nasib etdi-yu, lekin ba’zilar: “Zino qilgan erkak
faqat zino etgan yoki butga topingan ayolga uylanur”, dedilar. Ibn Abbos marhamat
qildilar: “Yo‘q, bu holat unday emas, unga uylan, gunohi mening bo‘ynimga”.
3. Zinoning jazosi: Zinoning bir qancha moddiy, ma’naviy zararlari va shariat tarafidan
sobit etilgan og‘ir jazolari ham bor. Bu jazolar nuzul davomida shu shakllarda takomil
topgan:
a) hibs qilmoq jazosi: Islomning ilk yillarida zinoning jazosi ayol uchun bir umrlik
qamoq, erkak uchun qattiq tanbeh-ogohlantirish va ozor berish shaklida edi. Bu xususda
Alloh shunday marhamat qiladi:
“Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o‘zingizdan to‘rt (erkak)
kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o‘lim kelguncha yoki
Alloh biror yo‘l qilguncha, ularni (o‘z) uylarida saqlangiz!
Sizlardan o‘sha (zinokorlikni) qilganlarning ikkisi, (erkak va ayol)ga (koyish va
ta’zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o‘zlarini)
tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va
mehribon bo‘lgan zotdir” (Niso surasi, 15-16-oyatlar).
Avvalgi oyatda ko‘rilganidek, zinoga jazo belgilash va zinokorga jazo berish uchun to‘rt
guvoh tarafidan isbot qilishi lozim. Buning ustiga bu guvohlik taxminiy emas, aniq-ko‘z
bilan ko‘rgan va to‘rt guvoh ittifoq qilgan bo‘lishi shart.
b) surgun va toshbo‘ron jazosi: Keyinroq yuqoridagi jazo surgun va toshbo‘ron shaklini
oldi.
Uboda ibn Somit deydilar: “Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelganida ranglari o‘zgarib,
qiynaldilar. Yana shunday bo‘ldi. Bu hol o‘tgach dedilar: “Yozing: Alloh zino etgan
ayollarga shunday yo‘l ko‘rsatdi: turmush qurgan turmush qurgan bilan, bo‘ydoq
bo‘ydoq bilan zino qilsa, 100 darra uriladi. Agar turmush qurgan (oilali) kimsa zino qilsa,
100 darra uriladi, so‘ngra toshbo‘ron qildirilib, o‘ldiriladi. Bo‘ydoq kimsa zino qilsa 100
darra uriladi, so‘ngra bir yilga surgun qilinadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |