www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Hazrat Ummu Sulaym (r.a.) hazrat Abu Talha (r.a.)ning musulmon bo‘lishlariga sabab
bo‘lib, qimmatli va muhtaram bir erga qovushib qolmasdan, ayni zamonda Allohdan
savob qozondi. Savob Alloh huzurida qirmizi tuyalarga ega bo‘lmoqdan qimmatliroqdir!
Ummu Sulaym shu tariqa ham musulmon, asl bir jufti halolga, ham Alloh huzurida
yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: “hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Haybar kuni hazrati Aliga
(r.a.) bayroqni berdilar. Hazrati Ali (r.a.): “Yo Rasululloh, men yahudiylarga qarshi
bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urishaveraman!” dedilar. Janob Rasululloh (s.a.v.):
“Boringiz, Haybarning bir chekkasiga tushib avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng
Alloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz! Siz sababli Alloh taolo bir odamga
hidoyat qilsa, bu sizga “Xumrun – ni’amdan” yaxshiroqdir!” dedilar”. (Xumrun ni’am –
eng chiroyli tuyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar
uchun faxr hisoblangan).
Mana, musulmon ayol iymon, ishonch, insoniy munosabatlar va jufti halol tanlash kabi
mavzularda o‘ziga shunday bir ayolni ibrat va o‘rnak etishi kerak.
Erga itoatli bo‘lishlik – yaxshi muomala qilishlikdir
Talabchan, yetuk musulmon ayol eriga nisbatan doimo itoatkordir. U bilan ahil
yashaguvchidir. Erining roziligini qozonishga, uni doim mamnun qilishga harakat qiladi.
Hatto musulmon ayol eri yo‘qsillik va faqirlik ichida bo‘lsa ham, bu haqda yuziga
solmaydi, keskin so‘z ochmaydi. Uy ichlarini yoki ishlarini ro‘kach qilib, qo‘l qisqaligidan
zorlanmaydi. Musulmon ayol buni yoddan chiqarmasligi, aksincha, doimo esda tutishi
kerak. Islom tarixida shunday fazilatli xonimlar bo‘lganki, sabrda, ehsonda ya’ni,
yaxshilikda, insoniylikda o‘rnak bo‘lib qolganlar. Ular erlariga, uylariga va dinlariga
qilgan xizmatlari bilan mashhur va shonli edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |