Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
71 bo‘lsa, zarur shaklda ado etuvchi ota-onadir. Musulmon ona farzandlari ruhiga eng go‘zal axloqni naqsh etadi. Boshqalarni yaxshi ko‘rmoqni, yaqinlariga xushmuomala, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat ko‘rsatmoqni, zaif va zaifalarga yordam bermoqni o‘rgatadi. Ishlarni chiroyli va go‘zal bajarishni, to‘g‘ri so‘z bo‘lishni uqtiradi. Ahdiga vafo qilishni, hukmlarida odil bo‘lishni, shunga o‘xshash odob-axloqqa doir narsalarni farzand ongiga, qalbiga soladi va oqibatli, xushxulq inson bo‘lishga tinimsiz yordam beradi. Aslida bu yordam uning vazifasidir, burchidir. Farzandiga ibrat bo‘lib, unga go‘zal muomala, muloyimlik, hokisorlik, marhamat va mehr-muhabbat bilan yondoshadi va bu yo‘lda sabot bilan davomli harakat qiladi. Bahs va zerikishga o‘rin qoldirmasdan ularga ham g‘amxo‘rlik va beozorlikni singdirib boradi. Va farzandlariga onalikning kuyunchak ogohlantirishlari bilan birga ularning ba’zi xatolarini kechiradi. Duo “Ey Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug‘ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg‘ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo‘lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so‘ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!”. Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko‘zni oydin etajaging va o‘zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir! Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et! Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg‘ambarlarning mezonidan og‘ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir! Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo‘lmasdan, razil bo‘lmasdan, pushaymon bo‘lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo‘lini o‘zgartirmasdan, o‘zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et. Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so‘ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag‘firat tilayman. Avval Senga so‘z berib, so‘ngra badnafsimga ergashib, so‘zimda turmagan har vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag‘firat so‘rayman, Sening roziligingni maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o‘zgalardan ham yordam so‘raganim uchun, har xayr va yaxshilik uchun Sendan mag‘firat tilayman! Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug‘ida, tun qorong‘usida, anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag‘firat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling