Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musulmon ayol tavba bilan Allohga yo‘nalgandir
qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar
ularning (ota-onalaringizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt.” (Al-Isro surasi, 23-oyat). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) eng ko‘p kimga yaxshilik ko‘rsatish kerak, deb so‘ragan bir sahobiyga “onangga”, deya uch bor takrorlaganlaridan so‘ng “otangga” dedilar. Islomda ona haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo‘lsada, bu haqqini yo‘qotmagan bo‘ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni, Islomga zid amr va talqinda bo‘lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Istasa ular ham ziyoratga kelishi mumkin. Eri xohlamasa ularni uyiga qo‘ymasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ko‘chada yoki hovlida ko‘rishib, suhbatlashadilar. Bu holat rahm-shafqat tushunchalariga zid kelsada, er mahram bo‘lmagan va o‘zi shubhalangan kishilarni xotini bilan ko‘rishmoqdan man etishi mumkin. Musulmon ayol tavba bilan Allohga yo‘nalgandir Ko‘pincha uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘ralashib, farzandlariga berilib ketgan musulmon ayol g‘aflat ichida qolishi mumkin. Yo Alloh amri qarshisida kamchilikka yo‘l qo‘yishi, yanglishgan bo‘lishi mumkin. Yo uning amrini bajarishga kechikkan bo‘lishi mumkin. Qisqasi, musulmon ayolga yarashmaydigan bir vaziyatga tushib qolgan. Avvalo, bu hushyor, ziyrak bir musulmon ayolga munosib hol emas. Lekin sergak musulmon ayol bunday holatlarda g‘aflat bosib uzoq yurishi mumkin emas. U ko‘ngliga kirgan g‘aflatdan tezda uyg‘onishi, sergak tortishi kerakligini biladi. Hatto bu qusri uchun Rabbisidan mag‘firat so‘raydi. Darhol tavba qilib, Parvardigorining rahmatiga sig‘inadi. Chunki, eminlik va omonlik Undadir. Rabbimiz shunday marhamat qilmoqda: “Taqvo qiluvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, Allohni eslaydilar. Bas, haqiqatni ko‘ra boshlaydilar”. Agar bir ko‘ngil iymon sevgisi bilan to‘la bo‘lsa, bunday ko‘ngilni zang bosishi, ichiga g‘aflat kirishi mushkul. G‘aflat fosiqlik to‘la ko‘ngilga ta’sirini ko‘rsata oladi. Musulmon odam ko‘p vaqtini fosiqlar, dinsizlar bilan o‘tkazsa ham ibodatlariga putur yetishi mumkin. Shuning uchun hushyor, ziyrak va bedor musulmon ayolning qalbi davomli hidoyatni, toatni tanlaydi, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi va Allohga tavba qilmoqni o‘ylaydi. Bunday ayolning ko‘ngli doimo rahmat nurlari bilan to‘la, ibodat shu’lasi bilan Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 66 munavvar bo‘ladi. Doimo tavba va Alloh mag‘firatining shifobaxsh shabadalarini his etib, hidoyatning huzurbaxsh shamollarini sezib yashaydi. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling