Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

yaqin masofada kezadimi? 
Ayol kishiga ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanishni davr taqozo etar ekan va ayol 
ko‘chaga chiqar ekan, shu savol tug‘ilishi tabiiydir. Din nuqtai nazaridan bir-biriga 
begona erkak-ayol yolg‘iz qolishlari haromdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi sharifda 
shunday marhamat qiladilar: “Bir erkak bilan bir ayol yolg‘iz qolsalar, mutlaqo 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
uchinchilari shaytondir”. Ya’ni, shayton ularga vasvasa solib, shahvatlarini qo‘zg‘atadi. 
Shuning uchun bir ayolning shahar ichida olomon orasida ma’lum yerdan booshqa bir 
yerga mahramisiz, zaruratan borishi lozim bo‘lsa (yolg‘iz qolmaslik sharti bilan), taksida 
ketishining zarari yo‘q. Kechasi, shahar chetiga erining iznisiz yolg‘iz shofyor bilan 
taksida ketishi harom. Allohdan qo‘rqqan musulmon ayol o‘qishda bo‘ladimi, ishda 
bo‘ladimi, eshigi yopiq bir xonada erkak bilan yolg‘iz qolishlikdan o‘zini saqlaydi.
Ayolning haj uchun mahrami bo‘lmasa turmushga chiqishi joizmi? 
Bu mavzu ba’zi o‘tkinchi (manfaatparast)lar tarafidan suiiste’mol qilinib, bir qancha 
ayollar tuzoqqa tushirilgan. Islom dinining kechasi ham kunduziday oydin. Ya’ni, 
dinimizda yopiq qolgan mavzu yo‘q. Muvaqqat (vaqtinchalik) nikoh harom. Haj qilmoq 
uchun ma’lum muddatga erkak bilan ayolning nikohlanishiga hech bir mujtahid imom izn 
bermagan. Lekin ayol tul bo‘lib, jiddiy turmush ko‘rmoq istasa, erkak ham umr bo‘yi 
yashamoqni o‘ylab, niyat qilib uylanmoqchi bo‘lsa, tabiiyki bunga hech qanday qonuniy 
to‘sqin yo‘q. Ayol kishi yolg‘iz bo‘lib, hech qanday mahrami bo‘lmasa, u ayolga haj farz 
bo‘lmaydi. Lekin u ayolning mablag‘i bo‘lsa-yu, haj ibodatini qilishni xohlasa ishonchli, 
o‘zi tanigan ayollar guruhiga qo‘shilib borishi mumkin. 
Tarixdan ayonki, yuksak fazilat va axloq sohiblari doimo jamiyatning oz qismini tashkil 
etib kelishgan, talay qismi esa fisqu fujur, fahsh va turli buzuqliklardan xoli emas edi. 
Bularga nisbatan moddiy tarbiya vositalari va Alloh tarafidan yuborilgan barcha 
payg‘ambarlarning shariatlari shuningdek, Islom dini ham jazo choralari, jazoi 
mu’ayyidalar belgilagan.
Zino 
1. Zinoning yomonligi: Islom dini turmush qurishga buyurgan va turmush qurganga bir 
qancha savoblar va’da etgan. Ayniqsa, turmush qurishni osonlashtirgan va 
qulaylashtirgan; uylanadigan ayollar sonini zarur bo‘lganda to‘rttaga chiqargan. Bular 
sog‘lom va baxtli turmushni ta’min etish uchundir, odamlarni zinodan saqlash uchundir. 
Islom zinoni turmushning asosiy dushmani deb e’lon qilgan. 
Zino – nikohsiz jinsiy munosabat qilmoqdir. Turmush qurish odamga qancha foyda va 
baxt keltirsa, zino shuncha zarar va baxtsizlik keltiradi. 
Zino so‘ngsiz, qon bilan yuvilmaydigan g‘avg‘olarga boshlaydi. Oilaga oilada 
bo‘lmaganlarni aralashtiradi. Bir begonani umr bo‘yi boqqani kabi, asl oiladan 
bo‘lganlarni merosdan mahrum etadi. Oilaga sharmandalik tamg‘asi bosilib, tuzalishi 
mushkul moddiy va ma’naviy xastaliklarga sabab bo‘ladi. Zino Alloh kitobida, Rasululloh 
(s.a.v.) sunnatida qattiq qoralangan. Qur’oni Karim: “Zinoga yaqinlashmanglar! 

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling