Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Nafaqaning fazilati 
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) deydilar: “Vido hajida xastalandim. O‘lar xolatda edim. 
Rasululloh (s.a.v.) meni ziyorat qildilar. “Yo Rasululloh, qanchalik hasta ekanimni 
ko‘ryapsiz. Ko‘p mol-mulkim bor. Yolg‘iz qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q. 
Boyligimning uchdan ikkisini sadaqa sifatida tarqataymi?”, dedim. “Yo‘q”, dedilar. Men: 
“yarmini ulashaymi”,-dedim. “Yo‘q”, dedilar. So‘ngra: “Hatto uchdan biri ko‘plik qilur. 
Merosxo‘rlarni qo‘l cho‘zadigan shaklda faqir qoldirmoqdan xayrliroqdir. Alloh rizosi 
uchun ularga bergan nafaqang tufayli muhaqqaq savob qozonursan, xatto xotining 
og‘ziga uzatgan bir luqmadan ham”, dedilar. 
Ibn Abbos rivoyat etgan bir hadis esa shunday: “Bir odam oila tashvishlari sababli horib-
charchab g‘amgin uxlab qolsa, bu – Alloh yo‘lida ming marta qilich urmoqdan 
fazilatliroqdir”.
Nafaqaga sovuqqonlik 
To'la ado etilgan nafaqaga qanchalik savob berilsa, unga beparvolik qilish shu qadar 
gunohi mujibdir. Abdulloh ibn Amr rivoyat etgan bir hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) 
marhamat qiladilar: "Bir kishining tirikchiligi uchun ma'sul bo'lgan kishilarga beparvolik 
qilishi unga yetarli gunohdir". 
Abu Zarr bunday dedilar: "Men ila bir kishining o'rtamizdan bir gap o'tib onasini haqorat 
qildim, onasi arab emas edi (bu ayol avval g'ulom bo'lgan hazrat Bilolning onalari 
bo'lgan.). U Rasululohga (s.a.v.) shikoyat qildi. Janob Rasululloh (s.a.v.) mendan: 
"Falonchi bilan so'kishib qoldingmi?" deb so'radilar. Men "Ha shunday", dedim. Ular 
onasini haqorat qildingmi, dedilar. Men "Ha shunday", dedim. Janobi Rasululloh: "Senda 
jaholatdan bor ekan", dedilar. Men: "Shu yoshga kirib, qarigan bo'lsam hammi?", dedim. 
Janobi Rasululloh (s.a.v.): "Ha shunday, ular sizlarning birodarlaringizdir. Alloh taolo 
ularni sizlarning qo'lingizga topshirib qo'yibdi. Kimga Alloh taolo qo'liga birodarini 
topshirib qo'ygan bo'lsa yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga 
buyurmasin, agar buyursa unga o'zi ko'maklashsin", deb aytdilar.

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling