Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Hayz va nifosliga oilaviy munosabat man etilishining sabab va hikmati
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Hayz va nifosliga oilaviy munosabat man etilishining sabab va hikmati
Hayz – ayol rahmi (bachadoni)dan kelgan qon, vujuddagi ko‘pgina zaharlarni tashqariga chiqaradi. Odat holidagi ayol tolg‘in va xasta bo‘ladi. Odat vaqtida rahim yo‘llaridagi qon tomirlari ochiq va ayol ozmi-ko‘pmi aziyatli bo‘lganidan jinsiy yaqinlik unga ozor beradi, rahm yo‘llaridagi karaxt mikroblar uyg‘onib, ayol behuzurligiga sabab bo‘ladi. Ayollar naqadar pokiza bo‘lsalarda, oy ko‘rgan holda umuman qonlari va terlari zaharli bo‘lganidan og‘ir bir hid taratadi. Shuning uchun bu vaziyatda yaqinlik qilish erkakni jirkantirishga va oraga sovuqlik tushishiga sabab bo‘ladi. Hayzning eng ko‘p muddati bo‘lgan o‘n kun o‘tgach, xoh ilk hayz ko‘rgan bo‘lsin, xoh odatli bo‘lsin cho‘milmasdan, yuvinmasdan avval jimo’ qilsa ham halol. Bir ayolning hayz qoni odatdan avvalroq to‘xtagan bo‘lsa, munosabat (jimo’) qilmoq (odati o‘tgunga qadar, hatto cho‘milgan bo‘lsa ham) mubohdir. Faqat bu vaziyatda ehtiyotan namoz o‘qishi va ro‘za tutishi lozim. Hayzli ayol bilan jimo’ qilish haromligini bilib (qasddan), halol deb yaqinlik qilgan kimsa kofir hisoblanadi. Alloh harom qilganni (ta’qiqlaganni) qasddan halol hisoblagan kimsa ilohlikni da’vo qilganga o‘xshashdir. Nifosli ayol bilan ham ayni shu gap. Ayol hayz holini yashirganda gunohkor bo‘lgani kabi, hayz tugaganini berkitmoq bilan ham gunohkor bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Alloh mu’fassila ayolni la’natlasin, uni rahmatidan uzoq tutsin”, dedilar va mu’fassilani shunday tushuntirdilar: “Mu’fassila – eri uni xohlab qolganida oy ko‘rmagani holda “ko‘ryapman”, deb erini aldaydigan ayoldir”. Er-xotin har ikkisi rozi bo‘lib, ayol hayzli paytida jinsiy aloqa qilsalar, har ikkisi ham Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 28 gunohkor bo‘lganidan tavbai nasuh (qaytib bu gunohni hech qilmaslik uchun tavba va istig‘for) etishi va bir faqirga sadaqa berishlari kerak. Agar bir taraf rozi bo‘lmay, ikkinchi taraf zo‘rlik qilsa, zo‘ravonlik qilgan gunohkordir. Hayz tugashi va jimo’ halol bo‘lishi uchun shu uch shartga amal qilish lozim: Bir ayolning har vaqtidagi hayzi tamom bo‘lib ham, hayzining eng ko‘p muddati bo‘lgan 10 kundan va nifosning eng ko‘p muddati bo‘lgan 40 kundan avval qon to‘xtasa, shu uch xususdan biri tahaqquk etmaguncha (amalga oshirilmaguncha) ayolga erining yaqinlik qilishi halol bo‘lmaydi. Qon to‘xtagach yuvinishga va namozning ilk takbiri bo‘lgan “Allohu akbar” demoqqa va bularning oxirlarini, masalan, yuvingach liboslarini kiymoq kabi narsalarni bajarishga vaqt bor ekan, yuvinmay yoki tayammum qilmay ilk namoz vaqtini o‘tkazaroq namoz ayolning bo‘yniga qarz bo‘lib qolgan bo‘lishi kerak. Bu holda o‘ta namoz vaqti butunlay chiqishi bilan uning eri bilan jimo’ qilishi (yuvingan bo‘lmasa ham) haloldir. Chunki, o‘sha vaqtning namozi ayol zimmasiga qarz bo‘lganki, bu ham tozalik hukmlaridan bir hukmdir. Ya’ni, o‘sha ayol hukman poklangan demakdir. Shu sababli boshqa shar’iy hukmlar ham bunga bog‘liq ekanidan o‘ta hukmlardan biri eri bilan jimo’ qilishning halol bo‘lishidir. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling