Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Faqat Makkadan ajralmasdan poklansa, vido tavofini ado etish zarur.
Makkaning safariy
sanalgan chegarasidan o‘tgach, poklansa, endi qaytishning hojati yo‘q, shart emas. Odat
holi oxiriga yetgani holda g‘usl etmasdan bir namoz vaqti o‘tmasdan Makkadan chiqqan
ayolga (tavofi sodar) vido tavofi uchun Makkaga qaytishi kerak emas. Hayzli bo‘lib
chiqqan
bir ayol, hanuz miyqotni o‘tmasdan yuvingan va ortga qaytgan bo‘lsa, bu ayolga
vido tavofi qilish shart.
Hajga boradigan ayollar hayzning oldini olmoq va kechiktirmoq uchun dori
qo‘llashlari mumkinmi?
Ayollar hajda ekanida faqat tavofni qilolmayaptilar. Tavofni ado eta olishlari uchun qoni
ertaroq to‘xtashi va yoki odatni kechiktirish uchun shifokor nazoratida dori qo‘llashlariga
to‘sqinlik yo‘q.
Hajga
borarkan, hayz bo‘lmaslik uchun gormon dorisi ham qo‘llash mumkin. Faqat tibbiy
jihatdan bunday dorining zarari sobit bo‘lsa, bunday dorini bergan tabib gunohga qoladi.
Hayzli va nifosli ayol Qur’onni qanday o‘qiydi?
Hayzli va nifosli ayol Qur’onni bo‘g‘in-bo‘g‘in,
harfma-harf, kalima-kalima holda o‘qishi
joiz. Shu tarzda ayol muallimlik qilishi ham mumkin. Ikki so‘zning orasini uzib-uzib
o‘qishi kerak.
Hayzli, nifosli va tahoratsiz ayolga:
quyidagi holatlarda to‘sqinlik yo‘q:
a) duo o‘qishda;
b) duo niyati bilan Fotiha surasini o‘qishda;
v) ichida duo ma’nosi bo‘lgan bir oyat o‘qishda;
g) Qur’ondan bo‘lmagan (ya’ni, Qur’onga yopishmagan) bir jild yoki bo‘z bilan Qur’onni
ushlashida yoki ko‘tarib
yurishida;
d) Alloh taologa zikr va tasbeh aytishda;
e)
qabrni ziyorat qilishda;
yo) qo‘lini, og‘zini yuvgach yeb-ichishda to‘sqinlik yo‘q. Junub qo‘lini, og‘zini yuvmasdan
yeb-ichishi makruh. Hayzligiga cho‘milish zarur bo‘lmaguncha makruh emas.
j) boshqalar o‘qigan Qur’onni tinglashlari va ko‘ngildan kechirishlari mumkin.
z) jome’ va masjidlarda bo‘lmaslik sharti bilan uylarida o‘qilgan Qur’onni, amru-
ma’ruflarni eshitishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: