Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nifosning hukmi
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Nifos muddati bilan bog‘liq masalalar Nifosning eng kam muddati qonning bir soat bo‘lsa ham kelishidir. Ko‘pi bilan 40 kun. Faqat shularga binoandir. Agar qon ilk boshlanishida yoki odatlarida 40 kundan ko‘p bo‘lsa, yuqorida ishora etilgandek, buning 40 kuni nifosli ekaniga e’tibor etiladi. Ikki qon orasida tozalik (qonsiz holi) 15 kundan ziyod bo‘lsa ham Abu Hanifa (r.a.)ga ko‘ra, bu muddat – nifosdir. Fatvo ham shu asosga binoandir. Bir ayol ko‘z yorigach, bir muddat qon ko‘rib so‘ngra qirq kun ichida qon to‘xtab, tozalik ko‘rgach, qirq kunning oxirlarida yana qon ko‘rsa, bu qon ketma-ket kelgan qon hukmidadir. Va ayolning nifosi ikkinchi marta kelgan qonning tugashi yoki 40 kundir. Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik ham nifos hisoblanadi. Masalan, 10 kun qon kelib 5 kun to‘xtagach, yana 10 kun qon keladigan bo‘lsa, bu 25 kunning hammasi nifos muddati hisoblanadi. Nifosda, 40 kun orasida ko‘rilgan tozalik Imom A’zamga ko‘ra xoh 15 kun, xoh ozroq yoki ko‘proq bo‘lsin, tanaffusni tashkil etmaydi. Poklikning ikki tarafidagi qon davomli qon kabi hisoblanadi. Fatvo ham shunga ko‘ra. Imomayn (imom Muhammad bilan Abu Yusuf)ga ko‘ra esa, 15 kun tanaffusni tashkil etadi. Ayol ko‘zi yorigandan so‘ng bir kun qon, 38 kun poklik va bir kun qon ko‘rsa, Imom A’zamga ko‘ra bu 40 kun nifosdir. Imomaynga ko‘ra faqat birinchi kun ko‘rilgan qon nifos sanaladi. Birinchi marta nifosdagi ayolning nifos qoni 30 kundan keyin to‘xtasa, so‘ngra 45 kun tamom bo‘lmasdan yana qon ko‘rsa, buning 40 kuni nifosdir. Chunki, nifos bilan hayz orasidagi poklik muddati 15 kun bo‘lmaydi. Ikkinchi qon uzr qonidir. Bunday holda nifosning muddati 40 kun hisoblanadi. Nifosdagi ayolning masalan, har doimgi nifos davri 40 kun bo‘lib, bu gal 20 kun qon ko‘rib to‘xtasa, so‘ngra 19 kun toza qolsa, avvalgi odati bo‘lgan 40 kunini tamomlamaguncha eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi. Agar nifosdagi ayol 40 kun o‘tmaslik sharti bilan odatidan tashqari qon ko‘rsa, masalan, odati 20 kun ekan, 15 kunda qon to‘xtasa yoki qon 25 kun davom etsa, odati 15 kun, ikkinchisiga ko‘ra odati 25 kun bo‘ladi. Nifosning hukmi Nifos asosan hayz kabidir. Avvalroq hayz va nifos haqida mushtarak hukmlar bo‘limida aytildi. Ya’ni, nifosli ayol ham hayzli kabi Qur’on o‘qiy olmaydi, jome’ga kirolmaydi, Ka’bani tavof eta olmaydi. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling