Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
kitob esa, homilaning nutfa holidagi paytida yashirin va aniq bo‘lmagan shakllanishidan 
so‘z ochmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi tibbiyot aniqlagan shakllanishni inkor 
etmayapti. Ayni vaqtda tasdiqlayapti. Hatto ibni Hojar homilaning nutfa holida 
shakllanishini ochiqcha izohlaydi: “Janobi haq birinchi 40 kunning oxirida bir farishta 
yuboradi. Qon laxtaga aylangan bir paytda nuftani yoriq holda shakllantiradi. Et 
parchasiga aylangach, Alloh ikkinchi marta farishtani vazifalantirib, uni ochiq holda 
shakllantiradi”. 
Tushgan homilaning qo‘l-oyoq, barmoq, tirnoq va soch kabi ba’zi a’zolari aniq bo‘lsa, 
bola hukmidadir. 
Homila a’zolari faqat 120 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ayol shu muddatdan boshlab 
nifoslik hisoblanadi. Homila a’zolari ma’lum bo‘lishidan maqsad, homilaga ruh 
berilishidir. Bu ham 120 kundan so‘ng bo‘ladi.
Istihoza – uzr qoni 
Istihoza – uzr qoni rahm (bachadon)dan emas, bir tomirdan kelib, tanosil a’zosi yo‘lidan 
oqqan hidsiz bir qondir. 
Istihoza bilan bog‘liq masalalar: 
Istihoza qoni hayz va nifos qonidan farq qilib, burundan kelgan bir qon kabidir. Istihoza 
ayol pok ayol hukmidadir. Bu bir kasallik hisoblangani uchun ayol turli xil ibodatlarni ado 
etadi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, Ka’bani tavof etadi, jinsiy munosabatda bo‘lishi 
mumkin. G‘usl lozim bo‘lmaydi. 
Dalili: Ibn Mojaning «Sunan»ida: Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) Fotima binti Abu 
Xubayshga: “Hayz kunlarida namozdan uzoqlash, so‘ngra (hayz muddati tugagach) 
cho‘mil va (qon davom etsa ham) har namoz uchun tahorat ol. Hatto (bo‘yra) ustiga 
tomchilasa ham”, dedilar30 . 
O‘zidan uzr qoni kelgan bir ayol peshin namozi vaqtida tahorat olib, namoz o‘qisa, 
so‘ngra qon to‘xtasa, bu ayolning namozi tamomlangan bo‘ladi. Faqat tahorat olib hanuz 
namoz boshlamasidan avval yoxud namoz o‘qirkan qon to‘xtasa, tahoratning qiymati 
qolmaydi. Yangidan tahorat olib, namozini o‘qishi zarur.
Homilador ayoldan kelgan qon istihozadir. 
To‘qqiz yoshdan kichik qizlardan kelgan qon istihozadir. Bir ayol 55 yoshdan so‘ng qon 
ko‘rsa, hayz emas. Faqat bu yoshdan so‘ng kelgan qon rangi quyuq qora yoki quyuq 
(to‘q) qirmizi bo‘lsa, bu hayzdir. Agar qon rangi bunday bo‘lmay, och rangda bo‘lsa 
istihozadir.

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling