Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayol tushida jimo’ qilsa, g‘usl qiladimi
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 bo‘lsa, istihozadir. Keksa ayollar bilan yosh qizlar ko‘rgan qonlar ham istihozadir. Bir ayol homilador paytida yoki ko‘z yoradigan vaqt, ko‘z yorishdan avvalroq ko‘rgan qonlar ham istihoza qonidir. Ayolning har oy boshida, masalan, 5 kun hayz ko‘rish odati bo‘lsa-yu, 6 kun qon ko‘rsa. 6-kun ham hayz sanaladi. Bundan so‘ngra 14 kun poklik davrini o‘tkazib, yana bir kun qon ko‘rsa odatiga havola etiladiki, o‘sha ham 5 kundir. 6 kun istihoza bo‘ladi. O‘sha kun tark etgan namozlari qazosini ado etadi. Ayolning har nifosda odati 30 kun bo‘lib, so‘ngra bir marta 31 kun qon ko‘rsa, izma-iz 14 kun bir poklik davri kechirib, hayzini ko‘rsa, bu ayolning odatiga havola etiladi. Odati 30 kundir. Ziyoda bo‘lgan bir kun tozalik davri bo‘lgan 15 kundan hisoblanadi. Ayol tushida jimo’ qilsa, g‘usl qiladimi? Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) juftlaridan hazrati Ummu Salama onamizning yonlarida Ummu Sulaym (r.a.) ismli ayol Allohning Rasulidan so‘radi: – Yo Rasululloh! Tushida eri (yoki boshqa) bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, ayol g‘usl qiladimi? (Bunday savoldan uyaldilar shekilli) hazrati Ummu Salama Ummu Sulaymga qarab tanbeh berdilar: – Xudo, xayringni bersin! Boltani toshga urding, yo Ummu Sulaym! Rasululloh xuzurlarida ayollarni yerga urding! Ummu Sulaym bunga qarshi shunday javob berdilar: – Shubhasiz, Alloh haqiqatni bilishda uyalishni buyurmagan. Bilmaganimizni Rasulullohdan so‘raymiz, haqiqatni bilganimiz bilmasligimizdan xayrliroqdir. (Ummu Sulaymning savoli o‘rinli ekanini o‘nglash uchun) Rasululloh (s.a.v.): – Xudo sening xayringni bersin, Ummu Sulaym, boshi berk ko‘chaga kirgan sensan, dedilar va savolga javoban shunday marhamat qildilar: “Tush ko‘rganida ayol maniysi kelsa (buni ko‘rsa) cho‘milishi (g‘usl qilishi) zarur”. Bu gal Ummu Salama so‘radilar: – Yo Rasululloh! Ayolning ham maniysi bo‘ladimi? Rasululloh bu savolga shunday javob berdilar: – Ayolning maniysi bo‘lmasa edi, qanday qilib bolasi o‘ziga o‘xshashi mumkin bo‘lardi. Shubhasiz, ayollar erkaklarning o‘xshashidir (ya’ni, bu jihatdan ayol erkakka o‘xshaydi. Havla (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) ayol tushida erkaklar ko‘radiganini ko‘rishi haqida so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) Janobimiz unga shunday marhamat qildilar: “Inzol voqe’ bo‘lmaguncha (maniy oqmaguncha) g‘usl shart emas. Xuddi erkakdan maniy kelmaguncha g‘usl unga shart bo‘lmagandek...” Bir qarashga ko‘ra, ayol ihtilom bo‘lib, maniy chiqmasa ham, inzol lazzatini topgan, totgan bo‘lsa, ayolga g‘usl qilish vojib. Chunki, ayol maniysi ko‘ksidan rahmga tushadi. Erkakda esa, aksincha maniy ko‘rinishi shart. Boshqa bir qavlga ko‘ra, ayol zimmasiga g‘usl farz bo‘lishi uchun maniysi xazna tashqarisiga chiqqan bo‘lishi shart. Fatvo ham shunga ko‘radir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling