Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Shayton deydi
“...ularni adashtiraman, ularni hoyu-havasga cho‘ktiraman.
Buyursam ular hayvonlar qulog‘ini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan
narsalarini o‘zgartiradilar ”. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, bas, u
ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi (Niso surasi, 119-oyat).
(Fir’avn g‘azab bilan) aytdi: “Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?!
Albatta u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursiz.
Albatta, men oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingiz
yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman”. Ular
dedilar: “Zarari yo‘q. Zero, biz Robbimizga qaytguvchidirmiz” (Shuaro surasi, 49-
50-oyatlar).
O‘rama sim (spiral) qo‘llamoq
Ayol tanosil a’zosiga davomli qolmoq maqsadi bilan tibbiy bir parcha qo‘yilishi, homila
bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi joizmi? Shu holda ayolning g‘usli sahihmi? Ro‘zasi sahih
bo‘ladimi?
Islom dini turmush qurishga ikki jihatdan katta ahamiyat beradi:
Inson naslining ko‘payishiga. Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qiladilar: “Ey
yoshlar
jamoasi! Uylanishga qodir bo‘lganlar uylansinlar! Chunki, turmush ko‘zni va nomusni
himoya qiladi. Kuchi yetmagan kishi ro‘za tutishga g‘ayrat qilsin. Chunki, ro‘za uni
to‘xtatadi”32 .
Turmush qurishning eng buyuk g‘oyalaridan biri nasl qoldirish va ko‘paytirish bo‘lganiga
ko‘ra, xastalik, atrof-muhitning dinsizligi va o‘ta qashshoqlik kabi zaruratlar mone’
(to‘siq) bo‘lmasa, ayolning homilador bo‘lmaslikka harakat qilishi to‘g‘ri emas.
Ikki nutfa rahmda birlashgach bir insonning asli bo‘ladi. Uni
buzilishining hukmi haqida
farqli qarashlar olg‘a surilgan. Shunga qaramasdan, o‘rama (spiral) qo‘yilgan taqdirda
g‘usl tahoratiga, ro‘zaga mone’ emas. Olingan tahorat sahihdir. Chunki,
bu parcha
yuvish kerak bo‘lmagan a’zo ichiga o‘rnashtiriladi. Faqat ro‘zador paytda bu parchani
tanosil a’zosiga o‘rnatilishi joiz emas. Ro‘za buzilishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: