Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Uzrli sanalishning sharti
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi
Uzrli sanalishning sharti
Bir namozning komil vaqtiga qadar ayolda qon davom etib, vaqtining hammasini qoplamaguncha uzrli hukmi ayolda sobit bo‘lmaydi. Namoz vaqti ichida tahorat olib, namoz o‘qiydigan qadar qondan toza o‘laroq bir vaqt topilsa, faqat o‘sha vaqt uzr sohibi Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 35 bo‘lur. Uzrli ayol har farz namozning vaqti uchun tahorat oladi va o‘sha tahorat bilan o‘sha vaqtda farz va nafl namozlaridan xohlagancha o‘qiydi, Hanafiylarga ko‘ra, uzrlining tahoratini vaqtning chiqishi buzadi. Uzrli ayol har namoz uchun g‘usl qilishi shartmi? Har namoz uchun g‘usl qilish katta mashaqqat keltirishi bilan birga, kundalik ishlarga ham xalal beradi. Islom har sohada, har ishda tozalikka ahamiyat berish bilan birga, qulaylik va osonlikni ham saqlaydi. Hanafiylarga ko‘ra uzrli ayol pok ayol hukmidadir, ya’ni, namozini o‘kiydi, ro‘zasini tutadi, Qur’on o‘qiydi, jinsiy munosabatda bo‘la oladi. Faqat har namoz uchun bir tahorat oladi, g‘usl qilishning hojati yo‘q. Uzr qoni davom etarkan, hayz boshlansa va o‘zi buni ajrata olsa, namozni tark etadi. Ramazon bo‘lsa, o‘sha muddat ichida ro‘za tutmaydi va jimo’ qilmaydi. Muddat o‘tishi bilan bir marta g‘usl qiladi va so‘ngra tahorat olib, ibodatida davom etadi. Uzrli ayol tahorat olmasdan avval, tanosil a’zosini yaxshilab yuvadi va toza bo‘z bilan yaxshilab artadi. Uzrli ayolda uch xil holat bo‘lishi mumkin: 1. Hayz muddati, istihoza bo‘lmasdan avval aniqlanadi. Istihoza holi boshlangan bo‘lsa ham hayz (odat) muddatini ajratib aniqlab olgan ma’qul. Ayol o‘zi ajratolmasa albatta shifokorga murojaat qilishi kerak. Umuman, istihoza holati bo‘lganda ayol bunga loqayd qaramasligi kerak, darhol shifokorga borishi kerak. 2. Bordi-yu qon to‘xtamay davomli oqsa shu sabab ayolning hayz muddati aniq bo‘lmasa, bu holatda hayz ko‘rish muddati 6 yoki 7 kun sanaladi. Chunki, ko‘pchilik ayollarning odati shunday. Bu taqdirda ayol qoni to‘xtashi bilan yo 24 kecha-kunduz yoki 23 kecha-kunduzli namozini o‘qiydi. 3. Ayolning hayz muddati ma’lum emas, ya’ni turli vaqtlarda bo‘lsa va odat qoni bilan boshqa qonlarni ajratadigan vaziyatda ayol qonini farqlashi (ajratishi)ga ko‘ra hukm etadi. To‘q qirmiz, qoraga moyil oqqan qon hayzdir, davom etishi bilan namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi. Rangi o‘zgarishi bilan uzr qoni boshlanganiga hukm etadi. Va yuvinib- cho‘milib namozini boshlaydi. Yangi hayz ko‘rgan haqida: hayzning eng ko‘p muddati (10 kun)dan ziyod ko‘ringan qon istihozadir. Odati bo‘lgan ayol haqida: odatidan ziyod kelgan qon bilan (10 kundan ziyod kelgan qon), nifosda 40 kundan ziyod kelgan qon istihozadir. Ayolning odati aniq belgilangan bo‘lsa, odatiga havola etiladi. Ya’ni, odat muddatidan ziyod kelgan qon xastalik qoni bo‘ladi. Hayz tugashi bilan darhol kelgan qon hayz emas, uzrdir. Ya’ni, ikki hayz ketma-ket kelmaydi. Nifos ham shunday. Bir ayol hayz va nifos uchun belgilangan so‘nggi muddatdan ziyod qon ko‘rsa bu istihoza qoni hisoblanadi. Bir ayol hayzning eng oz muddatidan ozroq bir muddat qon ko‘rgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling