Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa


Download 295.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/82
Sana31.08.2023
Hajmi295.77 Kb.
#1671769
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa 
Islomda har bir ayol hayz, nifoslik va poklik kunlarini, bularning hisobini, muddatini 
bilishi kerak. Agar din xususida diqqatsizlik, e’tiborsizlik va loqaydligi tufayli bunday 
jiddiy va muhim masalalarga beparvo holda ahamiyat bermaydigan, umrini mayda-
chuyda ishlar bilan band qilib, shu sababli odat vaqtlarini unutadigan bo‘lsa, buning 
mas’uliyati, hisob va jazosi juda katta va og‘ir bo‘ladi (Xudo saqlasin). Behushlik va 
jinnilik sababli unutib, amal qilmaydiganlar, albatta bu hukmdan mustasnodirlar. 
Qoida: Hayz ma’lum bo‘lgan ayol qoni davom etganini yoki hayz kunlarining sanog‘i 
tamom bo‘lib-bo‘lmagani xususida shubhaga tushsa va yoxud hayz o‘rnida va davriy 
aylanishida ikkilansa, o‘ylab ko‘radi; fikri nimaga qanoat qilsa, o‘shanga qaror qiladi. 
Agar qanoat hosil qilmasa, toza yoki hayzli bo‘lgani haqida aniq hukm etilmaydi. Lekin 
ehtiyotlik bilan harakat etiladi. Bu holda ayol hayzli holatlarda ta’qiqlangan ishlarni 
qilmaydi va har vaqt uchun yangidan tahorat oladi.
Ayolning xar namoz vaqti uchun tahorat olishi faqat tozalik uchun bo‘lmay, hayzli bo‘lishi 
ehtimoli uchun hamdir. Bu taqdirda namoz o‘qish bilan o‘qimaslik halol va harom 
xususida teng bo‘ladi. Mavzu namozdek muhim ibodat haqida bo‘lgani uchun ehtiyotga 
rioya qilinadi va ayol namozini o‘qiydi. Chunki, zimmasida namoz qarz bo‘lib qolishidan 
ko‘ra, o‘qilgani yaxshi (xayrli)roqdir. 
Ayol hayz bilan tozalik orasida va tozalikka kirib-kirmaganiga (hayzdan chiqib-
chiqmaganiga) ikkilansa, har namoz uchun yuvinadi. Ayolning har namoz uchun 
yuvinishi o‘sha onda hayzdan chiqib, tozalikka kirishi joiz ekanidandir. Bunday holdagi 
ayol g‘ayri muakkada sunnatlarini, masjidga kirishni va jinsiy munosabatni tark etadi. 
Mushafga tegmaydi, nafl ro‘za ham tutmaydi. Tilovat sajdasini eshitishi bilan sajda qilsa, 
qarzi tushadi. Chunki, o‘zi toza bo‘lsa, sajdaning adosi sahihdir. Toza bo‘lmasa, zotan, 
vojib emasdir. 
Hayz kunlarini, muddatini unutgan ayollar ramazonda ro‘zalarini ehtiyotlik bilan tutadilar 
va ikkilanganlari tufayli ramazondan keyin hayz muddati – 10 kunning ikki misli 20 kun 
o‘laroq ro‘zalarining qazosini ado etadilar. Bu 20 kun tutishlari ehtiyotan va shubhani 
ketkizmoq uchundir


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Download 295.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling