Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun alohida diyyat lozimdir. 2 – Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir. Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir. 3 – Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo berilmaydi. 4 – Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi. 5 – Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi. Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul qilib, bolasini o‘lik tushirgach, o‘zi ham o‘lsa, bunda qasdga o‘xshash jinoyat sodir etilgan, ya’ni homilani tushirish hodisasi sodir bo‘lgan. Bunda homila uchun bir diyyat lozim, ayolni esa qasdga o‘xshash mazmunda o‘ldirgani sababli ham og‘ir bir diyyat shartdirki, bu 120 tuya bo‘lur. Homila tushishiga sabab bo‘lgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu imom Shofe’iy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka ko‘ra, bu o‘rinda kafforat mandubdir, vojib emas. Imom Abu Hanifaga ko‘ra, homila o‘lik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat ham kerakdir. Kafforat ma’lum bo‘lganidek bir qul ozod qilmoq, yo‘qsa 60 faqirni to‘ydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutmoqdir. Shu bilan birga homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi – bu xususda faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor. Ammo diyyat xususida aytganlarimizdan tashqari farqli qarash va ijtihod yo‘qdir. Tabiiyki, to‘rt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling